Jahon

Dubayda qozog‘istonlik 22 yoshli yigit umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Mahkumning yaqinlari uning 2024-yilda ishlash maqsadida BAAga borganini va u yerda haydovchi bo‘lib ishlaganini aytgan.

Dubayda qozog‘istonlik 22 yoshli yigit umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida 22 yoshli Qozog‘iston fuqarosi og‘ir jinoyatlarda aybdor deb topilib, umrbod ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligiga tayanib, Tengrinews xabar berdi.

 

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 18-mart kuni Dubay birinchi instansiya sudi ushbu fuqaroni bir nechta og‘ir jinoyatlarda aybdor deb topgan va unga nisbatan umrbod qamoq jazosi hamda jarima tayinlagan.

 

Rasmiylarga ko‘ra, sud hukmi ustidan apellyatsiya shikoyati kiritilgan bo‘lib, hozircha qaror qonuniy kuchga kirmagan.

 

Qayd etilishicha, Qozog‘istonning BAAdagi elchixonasi mamlakat vakolatli organlariga rasmiy so‘rov yuborgan. Ayni paytda javob kutilmoqda. Dubaydagi Qozog‘iston Bosh konsulxonasi tomonidan fuqaroga zarur konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatilayotgani, masala vazirlik nazoratida ekani bildirildi.

 

Avvalroq mahkumning yaqinlari uning 2024-yilda ishlash maqsadida BAAga borganini va u yerda haydovchi bo‘lib ishlaganini ma’lum qilgan. Qarindoshlari uning aybdorligiga shubha bildirib, yigit tuhmat qurboni bo‘lishi mumkinligini ta’kidlagan.

 

Ayrim OAVlar mazkur ishni 2025-yil Yangi yil kechasida Dubaydagi villaga uyushtirilgan hujum bilan bog‘lamoqda. Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu villada “Finiko” moliyaviy piramidasi asoschilaridan biri Edvard Sabirov yashagan.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.