O'zbekiston

Surxondaryoda o‘rinbosaridan 2 million so‘m pora olgan maktab direktori 4 yilga qamaldi

U shtati qisqarayotgan o‘rinbosarini ish bilan ta’minlash evaziga pul talab qilgan.

Surxondaryoda o‘rinbosaridan 2 million so‘m pora olgan maktab direktori 4 yilga qamaldi

Surxondaryo viloyati Termiz tumanida maktab direktori pora olganlikda aybdor deb topilib, 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

 

Sud hujjatlariga ko‘ra, 1987-yilda tug‘ilgan shaxs 2025-yil oktyabr oyidan boshlab tuman umumta’lim maktablaridan birida direktor lavozimida ishlab kelgan. 2025-yil dekabr oyida mazkur maktabda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari sifatida 0,5 stavkada ishlagan B.X. shtat qisqarishi sababli undan yordam so‘rab murojaat qilgan.

 

Aniqlanishicha, direktor mehnat qonunchiligiga zid ravishda, arizachiga ayol kishi bo‘lgani uchun maktab maslahatchisi lavozimiga ishga ololmasligini bildirgan hamda buning o‘rniga musiqa fanidan dars soatlari ajratish yoki psixolog lavozimiga joylashishni taklif qilgan. 

 

Shu bilan birga, u maktab isitish tizimini yaxshilash uchun shaxsiy mablag‘ sarflayotganini aytib, ish bilan ta’minlash evaziga 2 million so‘mni “yordam puli” sifatida talab qilgan.

 

2026-yil 8-yanvar kuni direktor maktab yaqinida B.X.dan 1 million so‘m naqd pul va uning bank plastik kartasini olgan. Keyinchalik bankomat orqali kartadagi yana 1 million so‘m mablag‘ni naqdlashtirib olgan.

 

Ma’lum qilinishicha, oradan vaqt o‘tib, ish masalasi hal etilmagach, jabrlanuvchi pulni qaytarishni talab qilgan. Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv davomida direktor pullarni qaytarib bergan.

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz tuman sudi tomonidan Y.D. Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan aybdor deb topildi. Sud hukmiga ko‘ra, unga 2 yil muddatga mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum etish hamda 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.