Iqtisodiyot

O‘zbekistonda migrantlar yuboradigan pul miqdori 433 million dollarga oshdi

Shuningdek, hisobot davrida mamlakatdan xorijga 604 million dollar miqdorida valyuta mablag‘lari chiqarilgan.

O‘zbekistonda migrantlar yuboradigan pul miqdori 433 million dollarga oshdi

2026-yil yanvar—mart oylarida O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 13 foizga oshdi. Bu haqda Markaziy bank sharhida ma’lum qilindi.

 

Tahlillarga ko‘ra, mehnat muhojirlari yilning dastlabki uch oyida mamlakatga 3,8 milliard dollar miqdorida mablag‘ yuborgan. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning shu davriga nisbatan 433 million dollarga ko‘pdir.

 

Markaziy bank qayd etishicha, birinchi chorakda xalqaro pul o‘tkazmalari aholining banklarga valyuta sotuvining asosiy manbai bo‘lib xizmat qilgan.

 

Shu bilan birga, hisobot davrida O‘zbekistondan xorijga 604 million dollar miqdorida valyuta mablag‘lari chiqarilgan. Bu esa o‘tgan yilning birinchi choragiga nisbatan 39 million dollarga kamdir.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonga yuborilayotgan pul o‘tkazmalarining qariyb 80 foizi Rossiya hissasiga to‘g‘ri keladi. Umuman olganda, 2025-yilda respublikaga chet eldan kelib tushgan pul o‘tkazmalari hajmi 18,9 milliard dollarga yetgan bo‘lib, bu 2024-yilga nisbatan 28 foizga oshgan.

 

Ushbu o‘sish mehnat muhojirlari faoliyat yuritayotgan davlatlarda ishchi kuchiga talabning yuqoriligi, ish haqlarining nisbatan barqarorligi, iqtisodiy faollikning oshishi hamda milliy valyutalar kursining mustahkamlanishi bilan izohlamoqda.

custom img

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Prezident Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yig‘ilishida nutq so‘zlamoqda.

custom img

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Ayrim omillar sabab real zarar biroz kamroq bo‘lishi, ikkilamchi oqibatlar hisobga olinganda esa yo‘qotishlar karrasiga ortishi ehtimoli bor.

custom img

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

Apreldagi mustahkamlanishdan so‘ng milliy valyuta may oyida dollarga nisbatan qadrsizlandi. So‘mning kunlik tebranuvchanligi esa sezilarli oshdi.

custom img

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

Mazkur miqdorning 85 foizi tashqi, 15 foizi ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

custom img

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

“O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” aksiyalari London va Toshkent fond birjalarida ommaviy savdoga chiqarildi.

custom img

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Zarar investitsiyalar qadrsizlanishi natijasida yuzaga kelgan.

custom img

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

143 205 ta subyekt soliq imtiyozlaridan, 15 346 ta tashkilot bojxona imtiyozlaridan foydalangan.

custom img

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

Prezident barcha rahbarlar uchun investitsiya sifati asosiy mezon bo‘lishi shartligini bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"