Iqtisodiyot

Buxoroda uy-joy sohasidagi 1,8 trillion so‘mlik pul aylanmasi yashirilgan

Shavkat Mirziyoyev mamlakatda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish masalalarini tanqidiy muhokama qildi.

Buxoroda uy-joy sohasidagi 1,8 trillion so‘mlik pul aylanmasi yashirilgan

Shavkat Mirziyoyev raisligida 24-aprel kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mamlakatda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish masalalari tanqidiy muhokama qilindi.

 

Qayd etilishicha, o‘tgan yilda ushbu yo‘nalishda alohida farmon qabul qilinib, tizimli ishlar boshlangan. Shunga qaramay, 2026-yil birinchi choragi yakunlari ayrim hududlarda muammo saqlanib qolayotganini ko‘rsatdi.

 

Xususan, kuzatilmaydigan iqtisodiyot ulushi Jizzax viloyati, Qashqadaryo viloyati, Namangan viloyati, Samarqand viloyati, Surxondaryo viloyati va Xorazm viloyatida 40 foizdan yuqori, Andijon viloyati, Farg‘ona viloyati hamda Buxoro viloyatida esa 30 foizdan ortiq ekani qayd etildi.

 

Yig‘ilishda Buxoro viloyatidagi holat alohida tahlil qilinib, o‘tgan yili faoliyatini to‘xtatgani ko‘rsatilgan 900 dan ortiq korxona joriy yilning yanvar–fevral oylarida 1,3 million kilovatt-soat elektr energiyasi va 480 ming kub metr gaz iste’mol qilgani aniqlangani ma’lum qilindi.

 

Shuningdek, 12,5 mingta transport vositasida yuklar norasmiy tashilgani oqibatida 40 milliard so‘m soliq tushumi yo‘qotilgani qayd etildi. Birinchi chorakning o‘zida uy-joy narxini past ko‘rsatish orqali 1 trillion 800 milliard so‘mlik pul aylanmasi yashirilgani bildirildi.

 

Yig‘ilish yakunida viloyat prokuraturalari, ichki ishlar organlari hamda soliq boshqarmalariga yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish bo‘yicha aniq metodologiya ishlab chiqib berilgani, endilikda ushbu tizim barcha hududlarda tumanlar kesimida joriy etilishi topshirilgani ma’lum qilindi.

custom img

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Prezident Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yig‘ilishida nutq so‘zlamoqda.

custom img

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Ayrim omillar sabab real zarar biroz kamroq bo‘lishi, ikkilamchi oqibatlar hisobga olinganda esa yo‘qotishlar karrasiga ortishi ehtimoli bor.

custom img

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

Apreldagi mustahkamlanishdan so‘ng milliy valyuta may oyida dollarga nisbatan qadrsizlandi. So‘mning kunlik tebranuvchanligi esa sezilarli oshdi.

custom img

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

Mazkur miqdorning 85 foizi tashqi, 15 foizi ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

custom img

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

“O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” aksiyalari London va Toshkent fond birjalarida ommaviy savdoga chiqarildi.

custom img

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Zarar investitsiyalar qadrsizlanishi natijasida yuzaga kelgan.

custom img

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

143 205 ta subyekt soliq imtiyozlaridan, 15 346 ta tashkilot bojxona imtiyozlaridan foydalangan.

custom img

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

Prezident barcha rahbarlar uchun investitsiya sifati asosiy mezon bo‘lishi shartligini bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"