O'zbekiston

Shvetsiya va Daniya migratsiya idoralari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Uchrashuvda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan inson huquqlari islohotlari va migratsiya tizimidagi o‘zgarishlar taqdim etildi.

Shvetsiya va Daniya migratsiya idoralari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

23-aprel kuni Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazida Milliy markaz direktorining Shvetsiya Migratsiya agentligi va Daniya Immigratsiya xizmati vakillari bilan ikki tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

 

Muloqotlardan maqsad — inson huquqlari sohasida o‘zaro hamkorlik va hamjihatlikning istiqbolli yo‘nalishlari hamda shakllarini o‘rganishdan iborat bo‘ldi. Shuningdek, migratsiya va inson huquqlarini himoya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekistondagi holat yuzasidan axborot almashildi.

 

Uchrashuvda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov, Shvetsiya Migratsiya agentligi katta tahlilchisi Emma Simichich va Daniya Immigratsiya xizmatining Xalqaro aloqalar departamenti rahbari, katta maslahatchi Aleks Hemingson ishtirok etdi.

 

Suhbat davomida A. Saidov Milliy markaz faoliyatining asosiy jihatlariga batafsil to‘xtaldi. Mehmonlarga Milliy markazning vazifalari, tuzilmasi hamda mamlakatda inson huquqlarini himoya qilish va rag‘batlantirish borasidagi asosiy yutuqlari to‘g‘risida ma’lumot taqdim etildi.

 

Milliy markaz direktori faoliyatning to‘rtta asosiy yo‘nalishi: qonunchilik, institutsional, ta’lim va monitoring haqida alohida so‘z yuritdi. Qonunchilik yo‘nalishi bo‘yicha yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingani, ushbu Asosiy Qonunning ikkinchi bo‘limi amalda Huquqlar to‘g‘risidagi billni tashkil etishi qayd etildi. Konstitutsiyada ilk bor O‘zbekiston fuqarolarining inson huquqlari bo‘yicha xalqaro organlarga murojaat qilish huquqi mustahkamlandi. Bu huquqni Asosiy Qonunda mustahkamlash O‘zbekiston tomonidan Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktning Birinchi fakultativ bayonnomasi ratifikatsiya qilinishi natijasida mumkin bo‘ldi.

 

Monitoring yo‘nalishi bo‘yicha Milliy markaz direktori mamlakatda ko‘p bosqichli tizim: parlament, ijro etuvchi, sud va jamoatchilik monitoringi, shuningdek, BMTning shartnomaviy organlariga davriy ma’ruzalarni taqdim etish orqali amalga oshiriladigan xalqaro monitoring faoliyat yuritayotganini tushuntirdi. Shuningdek, 2026-yil 21–22-aprel kunlari O‘zbekiston delegatsiyasi Jenevada Irqiy kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi konvensiya yuzasidan davriy ma’ruzasini taqdim etgani haqida ma’lumot berildi.

 

Suhbat davomida Milliy markaz direktori 2018-yildan buyon O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan Inson huquqlari bo‘yicha Samarqand forumi (ikki yilda bir marta) o‘tkazib kelinayotganini ham aytdi. Joriy yilda Fuqarolik va siyosiy huquqlar hamda Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi ikkita xalqaro paktning 60 yilligiga bag‘ishlangan beshinchi forum bo‘lib o‘tadi.

 

Xorijiy idoralar vakillari tashriflarining maqsadi va tafsilotlari haqida ma’lumot berdi. Emma Simichich va Aleks Hemingson o‘z idoralarining Kelib chiqish mamlakatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni (Country of Origin Information — COI) yig‘ish bo‘linmalarida faoliyat yuritadi. Bo‘linmalarning asosiy vazifasi Shvetsiya va Daniyada yashash uchun ruxsatnoma so‘rab murojaat qilgan shaxslarning kelib chiqish mamlakatlaridagi vaziyat haqidagi ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilishdan iborat. Shu bilan birga, har ikki vakil o‘z bo‘linmalari yakka tartibdagi arizalar bo‘yicha qaror qabul qilmasligini, balki faqat tegishli idoralarni tahliliy ma’lumotlar bilan ta’minlashini alohida ta’kidladi.

 

Xorijiy mehmonlar Skandinaviyaning ikki davlati qo‘shma tashrifi ularning geografik yaqinligi va to‘plangan hamkorlik tajribasi bilan bog‘liqligini tushuntirdi. Aleks Hemingsonning qayd etishicha, Daniya migratsiya qonunchiligi masalalarida Yevropa Ittifoqi me’yorlarini qo‘llashning o‘ziga xos jihatlari tufayli Shvetsiyaga emas, asosan Norvegiyaga tayanadi.

 

Xorijiy idoralar vakillari o‘zlarini qiziqtirgan masalalarni belgilab oldilar. Bu o‘rinda asosan O‘zbekistonda turli sohalarda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning borishi va natijalari, fuqarolik holatini qayd etish va shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar tizimining holati, shuningdek, so‘nggi yillarda O‘zbekistondan migratsiya oqimlarining harakati haqida so‘z bordi.

 

Emma Simichichning ta’kidlashicha, keyingi yillarda Shvetsiyada O‘zbekiston fuqarolari tomonidan migratsiya dinamikasida siljish kuzatilmoqda va aynan shu holat O‘zbekistondagi vaziyatni batafsilroq o‘rganishga sabab bo‘lgan. U, shuningdek, Shvetsiya va O‘zbekiston o‘rtasida migratsiya masalalari bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralar olib borilayotgani, biroq o‘zi vakillik qilayotgan idora ularning ishtirokchisi emasligini qayd etdi.

 

Shu bilan birga, tomonlar migratsiya sohasidagi huquqiy bazani ko‘rib chiqdilar. Markaz direktori O‘zbekiston Migratsiya agentligi Tashqi ishlar vazirligiga emas, balki bevosita hukumatga hisobdor ekanini tushuntirdi. O‘zbekiston bir qator davlatlar: Rossiya, Qozog‘iston, Janubiy Koreya, Yaponiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, BAA, Saudiya Arabistoni, Turkiya va AQSh bilan mehnat migratsiyasi bo‘yicha ikki tomonlama bitimlarga ega. Hozirda Skandinaviya mamlakatlari bilan kelishuvlar mavjud emas. Shuningdek, O‘zbekiston Xalqaro migratsiya tashkiloti (XMT) hamda BMTning Qochoqlar ishlari bo‘yicha Oliy komissarligi boshqarmasi bilan hamkorlik qiladi.

 

Uchrashuv yakunida tomonlar axborot almashish, odam savdosiga qarshi kurashish hamda qonuniy mehnat migratsiyasini qo‘llab-quvvatlash sohalarida hamkorlikdan o‘zaro manfaatdor ekanini bildirdi. O‘zbekiston tomoni mehmonlarga Milliy markaz faoliyati hamda mamlakatimizning inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarini bajarayotgani to‘g‘risida ingliz va rus tillaridagi yozma materiallarni taqdim etdi. Xorijiy vakillarga Inson huquqlari bo‘yicha beshinchi Samarqand forumida ishtirok etish uchun taklifnoma yuborildi.

 

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining matbuot xizmati

custom img

Suv xo‘jaligida sog‘lom va zamonaviy boshqaruv tizimi joriy etilmoqda

Yangi tizim doirasida suv infratuzilmasi loyihalari yagona elektron platformaga o‘tkaziladi.

custom img

Namanganda daryoda cho‘kib ketgan bir nafar fuqaroning jasadi topildi

Joriy mavsum davomida cho‘milish taqiqlangan hududlarda suvga tushish oqibatida bir necha kishi halok bo‘lgan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Davlat rahbari Ostona shahrida “Kelajak o‘yinlari” uchinchi xalqaro musobaqasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni sog‘liqni saqlash vazirini qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti Saudiya Arabistoni bilan ustuvor loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.

custom img

Kapital bozori isloh qilinadi: Qonunchilik palatasi yangi qonun loyihasini ma’qulladi

Hujjat kapital bozorini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, yangi moliyaviy vositalarni joriy etish hamda investorlar huquqlarini kuchaytirishni nazarda tutadi.

custom img

Janubiy Koreyaga ishga yuborishdagi 90 mln dollarlik ish bo‘yicha sud boshlanadi

Jinoyat ishi doirasida to‘rt nafar shaxsga nisbatan bir qator og‘ir moddalar bilan ayblov e’lon qilingan.

custom img

Qariyb 600 million so‘m yutuqqa ega “Yil o‘qituvchisi” tanlovining final sinovlari o‘tkazilmoqda

Mazkur tanlovda Respublikaning 208 ta hududida faoliyat olib borayotgan jami 416 nafar pedagog ishtirok etmoqda.

custom img

Bo'kada bedarak yo‘qolgan erkak o‘lik holda topildi

Hozirda marhumning o‘lim sababini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"