Jahon

AQShda Britaniya Qiroli tashrifi chog‘ida adashib Avstraliya bayroqlari ilindi

Qirolni kutib olish uchun shaharga 230 dan ortiq bayroq o‘rnatilgan bo‘lib, ular orasida Avstraliya bayroqlari ham bo‘lgan.

AQShda Britaniya Qiroli tashrifi chog‘ida adashib Avstraliya bayroqlari ilindi

AQSh poytaxti Vashingtonda Britaniya qiroli Charlz III ning tashrifi oldidan tayyorgarlik jarayonida bayroqlar bilan bog‘liq xatolik kuzatildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Kolumbiya okrugi rasmiylari Oq uy yaqiniga o‘rnatilgan bayroqlar orasida Buyuk Britaniya ramzlari o‘rniga tasodifan Avstraliya bayroqlarini joylashtirib qo‘ygan. Vashington Transport departamenti vakili ushbu xato tez orada aniqlanib, bartaraf etilganini bildirgan.

 

Rasmiylarga ko‘ra, qirolni kutib olish uchun shaharga 230 dan ortiq bayroq o‘rnatilgan bo‘lib, ular orasida 15 ta Avstraliya bayrog‘i ham bo‘lgan. Keyinchalik ular Britaniya bayroqlari bilan almashtirilgan.

 

Ta’kidlanishicha, qirol Charlz ayni paytda Avstraliyaning ham davlat rahbari hisoblanadi, biroq bu maqom faqat ramziy ahamiyatga ega xolos.

 

Qirol Charlzning AQShga davlat tashrifi mamlakat mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan amalga oshirilmoqda va u hukmronlik davridagi eng muhim tashriflardan biri sifatida baholanmoqda.

 

Safar doirasida ikki davlat o‘rtasidagi “maxsus munosabatlar”ni mustahkamlash masalalari muhokama qilinishi kutilmoqda. So‘nggi yillarda Eron bilan bog‘liq mojaro fonida bu aloqalar sezilarli darajada sovuqlashgani qayd etilmoqda.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"