Jahon

Netanyaxu saratondan tuzalganini ma’lum qildi

U 2023-yilda yurak stimulyatori o‘rnatgan, 2024-yilda churra bilan bog‘liq operatsiya o‘tkazgan, o‘tgan yili ingichka ichak shilliq qavatining yallig‘lanishi bilan davolangan.

Netanyaxu saratondan tuzalganini ma’lum qildi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu erta bosqichda aniqlangan saraton kasalligidan tuzalganini bildirdi. Bu haqda Point.md xabar berdi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2024-yil oxirida unda prostata adenomasi aniqlanib, shu sabab operatsiya o‘tkazilgan. Biroq Netanyaxuning ta’kidlashicha, keyingi tekshiruvlar davomida unda erta bosqichdagi yomon sifatli o‘sma ham aniqlangan.

 

“Men muammoni izsiz bartaraf etgan maqsadli davolanish kursini tanladim”, — deb yozdi 76 yoshli siyosatchi ijtimoiy tarmoqlarda. 

 

U davolanish qachon va qanday o‘tkazilgani haqida aniq ma’lumot bermagan, biroq hozir o‘zini sog‘lom his qilayotganini qayd etgan.

 

Der Spiegel Netanyaxu avval ham bir necha bor sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar sabab shifoxonaga yotqizilganini yozmoqda. Xususan, 2023-yil yozida unga yurak stimulyatori o‘rnatilgan, 2024-yilda esa churra bilan bog‘liq operatsiyani boshidan kechirgan va o‘tgan yili enterit — ingichka ichak shilliq qavatining yallig‘lanishi bilan davolangan.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"