Jahon

Rim papasi Livanda halok bo‘lgan musulmon bolaning rasmini o‘zi bilan olib yurishini aytdi

Bola papa mamlakatga borganda uni kutib olganlar qatorida bo‘lgan.

Rim papasi Livanda halok bo‘lgan musulmon bolaning rasmini o‘zi bilan olib yurishini aytdi

Rim papasi Leo XIV Afrikaga amalga oshirgan safari yakunida samolyot bortida o‘tkazilgan matbuot anjumanida Livanda halok bo‘lgan musulmon bolaning suratini o‘zi bilan olib yurishini ma’lum qildi. Bu haqda AP xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, bola Isroil va “Hizbulloh” o‘rtasidagi so‘nggi mojaro chog‘ida halok bo‘lgan. U o‘tgan yili Leo XIV ning Livanga tashrifi chog‘ida papani kutib olish uchun plakat ko‘tarib suratga tushgan.

 

Shuningdek, pontifik AQSh va Eronni urushni tugatish bo‘yicha muzokaralarga qaytishga chaqirdi. Rim papasi mojaro yuzaga kelganda zo‘ravonlikka murojaat qilish o‘rniga “tinchlik madaniyati”ni shakllantirish zarurligini ta’kidladi. 

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, asosiy masala Eron rejimini o‘zgartirish emas, balki ko‘plab begunoh insonlar qurbon bo‘lmasdan turib umumiy qadriyatlarni ilgari surish yo‘llarini topishdan iborat.

 

Safar davomida Papa AQSh prezidenti Donald Tramp bilan urush masalasida yuzaga kelgan ochiq bahslar fonida tomonlarni diplomatik muloqotni tiklashga undadi.

 

Bundan tashqari, u davlatlar o‘z chegaralarini nazorat qilish huquqiga ega ekanini tan olgan holda, migrantlarga nisbatan insoniy munosabatni saqlash zarurligini qayd etdi. 

 

Matbuot anjumanida Papa o‘lim jazosiga nisbatan keskin munosabat bildirdi. U barcha adolatsiz jazolarni qoralab, inson hayoti tug‘ilishdan tabiiy o‘limgacha hurmat qilinishi va himoya qilinishi lozimligini ta’kidladi.

 

“Har qanday davlat yoki rejim tomonidan inson hayotini nohaq olib qo‘yishga olib keladigan qarorlar qoralanishi kerak,” — dedi u.

 

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.