O'zbekiston

Samarqandda voyaga yetmagan ikki qizga nisbatan zo‘ravonlik sodir etildi

Vasiy ayol bolalarning xorijda bo‘lib turgan onasidan pul undirish maqsadida ularga bosim o‘tkazib, zo‘ravonlik holatini videoga olgan.

Samarqandda voyaga yetmagan ikki qizga nisbatan zo‘ravonlik sodir etildi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda voyaga yetmagan ikki nafar qizga nisbatan zo‘ravonlik sodir etilgani aks etgan videotasvirlar yuzasidan holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi.

 

Aniqlanishicha, joriy yilning 21-aprel kuni Samarqand viloyati Toyloq tumanida fuqaro M.S. vaqtincha vasiyligida bo‘lgan ikki nafar voyaga yetmagan (2017 va 2019-yilda tug'ilgan) qizga nisbatan jismoniy va ruhiy tazyiq o‘tkazgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u xorijda bo‘lib turgan bolalarning onasidan pul undirish maqsadida bosim o‘tkazib, zo‘ravonlik holatini videoga olgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Bolalar ombudsmanining Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakili voqea joyiga chiqib, vaziyatni o‘rgangan hamda bolalarni himoya qilish bo‘yicha zarur tezkor choralarni ko‘rgan.

 

Hozirda tuman ichki ishlar organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Shuningdek, tuman vasiylik organi — “Inson” markazi mas’ullari tomonidan M.S. vasiylik vazifasidan chetlatilgan.

 

Bolalarga yetkazilgan tan jarohatlari darajasini aniqlash maqsadida sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Ularning ruhiy holatini tiklash va psixologik barqarorligini ta’minlash uchun mutaxassis-psixolog jalb etilgan.

 

Shuningdek, voyaga yetmagan qizlar tumandagi oilaviy bolalar uyiga joylashtirilib, yashash hududiga yaqin maktab hamda maktabgacha ta’lim muassasasiga rasmiylashtirilgan. Shu tariqa bolalarning xavfsiz muhitda yashash va ta’lim olish huquqlari ta'minlangan.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"