Jahon

Xalqaro biologiya olimpiadasi: 100 ga yaqin iqtidorli yosh kuch sinashmoqda

Namanganda Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasi bo‘lib o‘tmoqda.

Xalqaro biologiya olimpiadasi: 100 ga yaqin iqtidorli yosh kuch sinashmoqda

Namanganda Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasi bo‘lib o‘tmoqda. 

 

 

Unda dunyoning 12 ta mamlakati — Turkiya, Tailand, Malayziya, Rossiya, Ozarbayjon, Belarus, Mo‘g‘uliston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston davlatlaridan kelgan hamda O‘zbekiston vakillaridan iborat, jami 94 nafar o‘quvchi-yoshlar ishtirok etmoqda. 

 

Qayd etilishicha, bundan ko‘zlangan maqsad — buyuk ajdodlarning jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan ulkan hissasini xalqaro miqyosda keng targ‘ib qilish, iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat. 

 

 

15-18 yoshli o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan Abu Ali Ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasi 2 turda tashkil etiladi.

 

 

Bunda 1-tur laboratoriya (nazariy) shaklida, 2-tur yozma ish (nazariy) shaklida o‘tkaziladi. Yakuniy natijalarga ko‘ra g‘olib va sovrindor, deb topilgan jamoa vakillari oltin, kumush, bronza medallari, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

 

 

Olimpiada doirasida o‘quvchi-yoshlar uchun xalqaro mutaxassislar ishtirokida bir qator mahorat darslari o‘tkazildi. Bundan tashqari, olimpiada ishtirokchilari va mehmonlar uchun Namanganning tarixiy va madaniy obidalariga sayohatlar tashkil etildi. 

 

 

Mazkur olimpiada biologiya fani bo‘yicha joriy yilning iyul oyida  Litvada o‘tkaziladigan Xalqaro biologiya olimpiadasiga navbatdagi tayyorgarlik bosqichi bo‘lib xizmat qiladi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu yil ikkinchi marta o‘tkazilayotgan mazkur olimpiada ilk bora 2024-yilning 9-14-iyun kunlari Buxoroda bo‘lib o‘tgan.

 

Unda o‘zbekistonlik o‘quvchilar 12 ta (3 ta oltin, 3 ta kumush, 6 ta bronza) medalni qo‘lga kiritgan.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"