Jahon

Tramp tadbiridagi otishmada gumondorning nishoni "ma'muriyat amaldorlari" bo‘lgan

Otishma oqibatida Maxfiy xizmat xodimlaridan biri yaralangan.

Tramp tadbiridagi otishmada gumondorning nishoni "ma'muriyat amaldorlari" bo‘lgan

AQSh prezidenti Donald Tramp ishtirok etgan Vashingtondagi rasmiy tadbirda otishma sodir etganlikda gumon qilinib qo‘lga olingan shaxsning asosiy nishoni ma’muriyat amaldorlari bo‘lgani aytdi, deb xabar berdi CBS News manbalarga tayanib.

 

Ma'lumotlarga ko‘ra, hibsga olingan Koul Allen tergov organlariga Tramp ma’muriyati vakillariga hujum uyushtirish niyatida bo‘lganini bildirgan. Shu bilan birga, uning to‘g‘ridan-to‘g‘ri AQSh prezidentini nishonga olgani tasdiqlanmagan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, gumondor Kaliforniya shtatining Torranse shahrida tug‘ilgan. U oliy ta’lim muassasasini tamomlagan va keyingi yillarda ta’lim sohasida faoliyat yuritgan.

 

Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, u tadbirga taklif etilgan mehmonlar orasida bo‘lgan hamda ilgari huquqni muhofaza qiluvchi organlar e’tiboriga tushmagan. Erkak tadbir hududiga to'pponcha va bir nechta pichoq bilan qurollangan holda kirgani aniqlangan.

 

Otishma oqibatida AQSh Maxfiy xizmati xodimlaridan biri jarohat olgan. Gumondor voqeadan keyin qo‘lga olinib, tibbiy ko‘rik uchun shifoxonaga yuborilgan.

 

Huquq-tartibot idoralari hodisaning aniq maqsadi va ehtimoliy aloqador shaxslarni aniqlash bo‘yicha tergovni davom ettirmoqda. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, gumondor yolg‘iz harakat qilgan.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"