Sport

Navbahor Hamidova World Boxing kubogida ikki karra chempion bo‘ldi

U Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan 2025-yilgi turnirda ham oltin medalni qo‘lga kiritgan.

Navbahor Hamidova World Boxing kubogida ikki karra chempion bo‘ldi

Braziliyaning Foz do Iguasu shahrida o‘tkazilayotgan World Boxing kubogida o‘zbekistonlik bokschi Navbahor Hamidova yana bir bor yuqori natija qayd etdi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, -65 kg vazn toifasida yarim final bosqichida ringga ko‘tarilgan Hamidova angliyalik Saxa Hikeyni 3:2 hisobida mag‘lub etib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

 

Hal qiluvchi bahsda esa u qozog‘istonlik Aida Abikeyevaga qarshi ishonchli jang o‘tkazib, 5:0 hisobida mutlaq ustunlik bilan g‘alaba qozondi va turnir chempioniga aylandi.

 

Qayd etilishicha, Navbahor Hamidova avval ham — 2025-yilda Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan World Boxing kubogida oltin medalni qo‘lga kiritgan. O‘sha finalda u turkiyalik mashhur bokschi, Olimpiada chempioni Busenaz Surmenelini mag‘lub etgan.

 

Shu tariqa, Hamidova mazkur musobaqa tarixida ikki karra chempion sifatida o‘z nomini mustahkamladi.

custom img

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

custom img

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

custom img

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

custom img

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

custom img

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi yana uchta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik sportchilar Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarining navbatdagi bahslarida aralash jang sanʼati va ushu yo‘nalishlarida uchta kumush medalga sazovor bo‘ldi.

custom img

Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston U-23 jamoasi chorak final yo‘llanmasini naqd qildi

Ravshan Haydarov shogirdlari muddatidan avval guruhdan chiqish vazifasini uddaladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"