Jinoyat

Toshkentda “Glamour Gold” qurilish kompaniyasi 300 ga yaqin kishini uysiz qoldirdi

Kompaniya 6 yil avval boshlagan qurilish loyihasi amalda soxta sxema ekani ma’lum bo‘ldi.

Toshkentda “Glamour Gold” qurilish kompaniyasi 300 ga yaqin kishini uysiz qoldirdi

Toshkent shahrida yangi uy sotib olish niyatida bo‘lgan qariyb 300 nafar fuqaroni aldagan Glamour Gold mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi tergov qilindi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Glamour Gold MCHJ tomonidan amalga oshirilgan “Ecodream” turar joy majmuasi qurilishi loyihasi doirasida jami 274 nafar fuqaro firibgarlik qurboniga aylangan. Ular tomonidan uy sotib olish uchun to‘langan mablag‘lar qaytarilmagan.

 

Tergov hujjatlariga ko‘ra, 2020-yil 16-mart holatiga mazkur qurilish uchun 37 mlrd 400 mln so‘m sarflangan. Qolgan mablag‘lar esa maqsadli yo‘nalishda ishlatilmay, talon-toroj qilingan. Oqibatda, fuqarolarga yetkazilgan umumiy moddiy zarar 97 mlrd so‘mni tashkil etgan. Olti yil avval boshlangan mazkur qurilish loyihasi amalda soxta sxema ekani ma’lum bo‘lgan.

 

Zararni qoplash maqsadida gumondorlarga tegishli bo‘lgan umumiy qiymati 65 mlrd 582 mln so‘mlik ko‘chmas mulklar, transport vositalari va boshqa mol-mulklar xatlanib, taqiq qo‘yilgan.

 

Jabrlanuvchilardan biriga ko‘ra, qurilish jarayonining kechikishi turli bahonalar bilan izohlangan.

 

Hozirda kompaniyaning to‘qqiz nafar mas’ul shaxsiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi (o‘zlashtirish yoki rastrata), 168-moddasi 4-qismi “a”, “v” bandlari (firibgarlik), 228-moddasi 2 va 3-qismlari (hujjatlarni qalbakilashtirish),  192-11-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari (mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish) bilan ayblov e’lon qilingan.

 

Mazkur shaxslarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.

 

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar ushbu kompaniyadan jabr ko‘rgan boshqa fuqarolar bo‘lsa, Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasiga murojaat qilishlarini so‘ramoqda.

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

Yozyovon tumanida 1 kilogramm opiy giyohvandlik vositasini sotishga uringan ikki nafar shaxs qo‘lga olindi.

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.

Toshkentda “Glamour Gold” qurilish kompaniyasi 300 ga yaqin kishini uysiz qoldirdi | Zamon.uz