Jahon

Epshteynning orolidagi “masjid”ga O‘zbekistondan koshin olib kelingan — NYT

Epshteyn ushbu loyiha uchun Ka’badan keltirilgan kisvadan, Suriya me’morchiligi nusxasidan foydalangan.

Epshteynning orolidagi “masjid”ga O‘zbekistondan koshin olib kelingan — NYT

AQSh Adliya vazirligi e’lon qilgan hujjatlar amerikalik moliyachi Jeffrey Epsteinning Yaqin Sharq bilan aloqalari va uning shaxsiy orolidagi g‘ayrioddiy inshoot ortidagi rejalari haqida yangi tafsilotlarni yuzaga chiqardi. Bu haqda The New York Times xabar bermoqda.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Epshteyn Karib dengizidagi kichik Avliyo Jeyms orolida joylashgan va uzoq vaqt davomida turlicha talqin qilingan bino — aslida “masjid” sifatida loyihalashtirilgan. Ko‘k-oq rangli, oltin gumbaz bilan bezatilgan ushbu inshoot qadimgi Yaqin Sharq me’morchiligi, xususan Suriyadagi hammom namunalaridan ilhomlangan.

 

Hujjatlarda qayd etilishicha, Epshteyn ushbu loyihani bezash uchun noyob islomiy artefaktlarni yig‘gan. Jumladan, Ka’badan olingan kisva, shuningdek O‘zbekistondagi masjidlardan keltirilgan bezak plitkalari(koshinlar) ishlatilgan. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, Ka’baning ichki va tashqi qoplamasiga tegishli bo‘lgan mato bo‘laklari ham Epshteyn ixtiyoriga berilgan.

 

Tergov materiallari Epshteynning ushbu loyihani amalga oshirish jarayonida Yaqin Sharqdagi yuqori darajadagi aloqalardan foydalanganini ham ko‘rsatadi. Xususan, u Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon bilan uchrashuv o‘tkazgan va qirollik doiralari bilan yaqin munosabatlar o‘rnatishga harakat qilgan.

 

Shuningdek, hujjatlarda norvegiyalik diplomat Terje Rod-Larsen orqali Saudiya rasmiylari bilan aloqalar yo‘lga qo‘yilgani qayd etilgan. Epshteyn hatto Saudiya Arabistoni bilan moliyaviy hamkorlik o‘rnatish va yirik iqtisodiy loyihalarda ishtirok etishga intilgan.

 

Ekspertlar ta’kidlashicha, Epshteynning ushbu faoliyati uning ikki maqsadini — nufuzli shaxslar bilan aloqalarni kengaytirish va noyob san’at hamda diniy buyumlar to‘plamini boyitishni — birlashtirgan.

 

Eslatib o‘tamiz, Jeffri Epshteyn 2019-yilda jinsiy savdo ayblovlari bo‘yicha sud jarayonini kutayotgan paytda qamoqda vafot etgan. Rasmiy hujjatlarda u o‘zini o‘ldirgani qayd etilgan. Mazkur yangi hujjatlar esa uning faoliyati va aloqalari haqidagi bahslarni yana kun tartibiga olib chiqdi.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"