Jahon

Qozog‘istonda “oltin viza” tizimi joriy etiladi

Ushbu viza egalari soliq imtiyozlari va davlat xizmatlaridan keng foydalanish huquqiga ega bo‘ladi.

Qozog‘istonda “oltin viza” tizimi joriy etiladi

 

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev mamlakat migratsiya siyosatini takomillashtirishga qaratilgan farmonni imzoladi. Hujjatga ko‘ra, iqtidorli mutaxassislar va investorlarni jalb qilish hamda ularning mamlakatda faoliyat yuritishini soddalashtirish ko‘zda tutilgan.

 

Mazkur islohot doirasida “Altyn Visa” — ya’ni “oltin viza” tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda. Ushbu viza egalariga davlat xizmatlaridan foydalanishda Qozog‘iston fuqarolari bilan tenglashtirilgan maqom beriladi. Shuningdek, ular uchun soliq imtiyozlari joriy etilib, shaxsiy daromad solig‘i, mol-mulk va yer solig‘i hamda umumiy daromad deklaratsiyasi topshirish majburiyati bekor qilinadi.

 

Farmonga muvofiq, investorlar va top-menejerlar uchun biznes vizalari, olimlar, shifokorlar, madaniyat arboblari hamda yetakchi xorijiy universitetlar bitiruvchilari uchun maxsus ishchi vizalar joriy etiladi. Bundan tashqari, investitsiya loyihalarida ishtirok etuvchi shaxslar uchun alohida vaqtinchalik ishchi vizalar ham nazarda tutilgan.

 

Hujjatda xorijiy diplomlarni nostrifikatsiyasiz tan olish, ya’ni ularni avtomatik ravishda e’tirof etish tizimini yo‘lga qo‘yish ham belgilangan. Shu bilan birga, chet elliklar uchun “yagona oyna” tamoyili asosida ariza topshirish imkonini beruvchi raqamli platformalar yaratiladi.

 

Ostona va Olmaota shaharlarida xorijiy fuqarolar uchun ingliz tilida xizmat ko‘rsatish zonalarini tashkil etish, shuningdek, innovatsion yo‘nalishlarda, jumladan sun’iy intellekt sohasida yangi platformalarni ishga tushirish rejalashtirilgan.

 

Farmonga ko‘ra, Ostona xalqaro moliya markazi faoliyatiga ham o‘zgartirishlar kiritiladi. Xususan, soliq rezidentligini olish uchun mamlakatda bo‘lish muddati 90 kundan 30 kungacha qisqartiriladi.

 

Mazkur choralar Qozog‘istonni investitsiyalar va yuqori malakali kadrlarni jalb qilish bo‘yicha mintaqaviy markazga aylantirishga qaratilgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Qozog‘istonda “oltin viza” tizimi joriy etiladi | Zamon.uz