Jinoyat

Buxoroda erkakni “shantaj” qilgan ayollar ushlandi

Ayollardan biri erkak bilan ishqiy munosabatda bo‘lgan va yozishmalarni tarqatmaslik uchun pul talab qilgan.

Buxoroda erkakni “shantaj” qilgan ayollar ushlandi

Buxoro viloyati Vobkent tumanida ikki ayol o‘zaro til biriktirib, oilali erkakni shantaj qilish orqali pul talab qilgani uchun qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, jabrlanuvchi erkak va 1991-yilda Qorako‘l tumanida tug‘ilgan ayol o‘rtasida ishqiy munosabatdagi yozishmalar bo‘lgan. Ushbu yozishmalarni ayolning dugonasi ko‘rib qolgan va ularni oshkor qilish bilan unga tahdid qilgan. Dastlab ayol dugonasiga pul berib, vaziyatni yopishga uringan.

 

Keyinchalik ikki ayol o‘zaro til biriktirib, ushbu holatdan moddiy manfaat ko‘rishni rejalashtirgan. Ayol erkak bilan bog‘lanib, yozishmalar oshkor etilishi mumkinligini bildirib, unga bosim o‘tkazgan. Ular sirni erkakning oilasi va turmush o‘rtog‘iga yetkazish bilan qo‘rqitib, jami 6 mln 800 ming so‘m miqdorida pul talab qilgan.

 

Tezkor tadbir davomida gumonlanuvchi ayollardan biri erkakka tegishli avtomobilda 100 AQSH dollari va 5 mln 600 ming so‘mni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

Yozyovon tumanida 1 kilogramm opiy giyohvandlik vositasini sotishga uringan ikki nafar shaxs qo‘lga olindi.

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.

Buxoroda erkakni “shantaj” qilgan ayollar ushlandi | Zamon.uz