Jinoyat

Namanganda ayollarni fohishalikka yuborib kelgan jinoiy guruh ushlandi

Guruh vositachilar orqali asosan yosh, turmushdan ajragan va ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni ko‘zlagan.

Namanganda ayollarni fohishalikka yuborib kelgan jinoiy guruh ushlandi

Namangan viloyatida ayollarni xorijga olib chiqib, fohishalikka yuborish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh fosh bo‘ldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, 26-aprel kuni Pop tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Davlatobod tumanida yashovchi ayrim ayollar o‘zlarini turli ismlar — Nargiza, Maftuna va Malika deb tanishtirib, fuqarolar ishonchiga kirgani aniqlangan. Ular Davlatobod tumani “Yuksalish” mahallasida yashovchi boshqa ayol bilan til biriktirib, jinoiy faoliyat yuritgan.

 

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, guruh vositachilar orqali asosan yosh, turmushdan ajragan va ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni nishonga olgan. Ular xorijdagi sheriklari orqali ish va yuqori daromad va’dasi bilan ayollarni aldab, chet elga olib chiqish va fohishalikka jalb qilish bilan shug‘ullangan.

 

Tezkor tadbir o‘tkazilgan kuni Davlatobod tumanida yashovchi, 2001-yilda tug‘ilgan ayolni Hindistonga fohishalik uchun yuborishga urinish vaqtida guruh a’zolari qo‘lga olingan.

 

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Ichki ishlar vazirligi fuqarolarni, ayniqsa xorijda ishlash bilan bog‘liq shubhali takliflarga ishonmaslikka chaqirdi. Shuningdek, noqonuniy holatlar haqida ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslardan zudlik bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilish so‘raldi.

 

Avvalroq Toshkentda 4 nafar qizni aldab, ulardan birini Dubayga olib ketayotgan ayol aeroportda qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

Yozyovon tumanida 1 kilogramm opiy giyohvandlik vositasini sotishga uringan ikki nafar shaxs qo‘lga olindi.

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.

Namanganda ayollarni fohishalikka yuborib kelgan jinoiy guruh ushlandi | Zamon.uz