Jahon

Isroilda hukumatga qarshi ommaviy noroziliklar boshlandi

Quddus, Tel-Aviv va Hayfada minglab fuqarolar ko‘chalarga chiqdi.

Isroilda hukumatga qarshi ommaviy noroziliklar boshlandi

Isroilning bir qator yirik shaharlarida hukumat siyosatiga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi. Xususan, Quddus, Tel-Aviv hamda Hayfa shaharlarida o‘tkazilayotgan aksiyalarda minglab fuqarolar ishtirok etmoqda.

 

Namoyishchilar Benyamin Netanyaxu boshchiligidagi hukumat faoliyatidan norozi ekanliklarini bildirgan. Ular, jumladan, 2023-yil 7-oktabr kuni Hamas tomonidan amalga oshirilgan hujum sabablarini mustaqil ravishda o‘rganish uchun maxsus hukumat komissiyasi tuzilishini talab qilmoqda.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Tel-Avivdagi namoyishlarga bir qator fuqarolik harakatlari, jumladan “Kurash tashkilotlari forumi” hamda hujum qurbonlari oila a’zolarini birlashtirgan “Oktyabr kengashi” yetakchilik qilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, 2023-yil 7-oktabr kuni Hamas tomonidan Isroil hududiga uyushtirilgan hujum oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgan va 250 nafarga yaqin shaxs garovga olingan. Shundan so‘ng Isroil tomoni G‘azo sektorida keng ko‘lamli harbiy amaliyot boshlagan edi.

custom img

Kobuldagi xususiy maktabda portlash sodir bo‘ldi, o‘quvchilar jarohatlandi

O‘quvchilar darslardan chiqqanidan keyin maktab hovlisiga granata otilgan

custom img

Qozog‘istonda 19 yoshli o‘zbekistonlik kelin vafot etdi

U o‘limidan oldin dugonasiga eri shirinlik tufayli uni urganini aytgan.

custom img

Tramp Makka kelishuvini Yaqin Sharqning birlashuvi deb atadi

AQSh prezidenti mazkur bitim mintaqa davlatlarining o‘zini himoya qilish imkoniyatlarini kuchaytirishini ta’kidlagan.

custom img

Janubiy Koreya va AQSh qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni boshladi

Manevrlarda Janubiy Koreyaning qariyb 18 ming harbiy xizmatchisi qatnashmoqda.

custom img

“Isroil mintaqadagi urushlarning asosiy harakatlantiruvchi kuchi” – Erdo‘g‘an

Turkiya prezidenti Anqara tinchlikka tahdid qilinadigan holatda urushdan qochmasligini bildirib, Isroilning G‘azo va Livandagi harbiy amaliyotlarini keskin tanqid qildi.

custom img

AQSh Eronga qarshi yadroviy qurol ishlatishi mumkin

Sobiq kongressmen AQSh Eronga qarshi yadroviy qurol qo‘llash ehtimolini muhokama qilayotganini ma'lum qildi.

custom img

Eron AQSh askarlarini qo‘lga olgan yoki o‘ldirganlar uchun mukofot belgiladi

Ayollar uchun mukofot miqdori ikki baravar bo‘lishi aytildi.

custom img

Isroil armiyasi “Hizbulloh”ning yuqori martabali qo‘mondoni yo‘q qilinganini ma'lum qildi

IDF qo‘mondonning Isroil harbiylariga qarshi hujumlarni, jumladan, dron hujumlarini tayyorlashda ishtirok etganini bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"