Ta'lim

Toshkentdagi ayrim maktablarda davomat “aqlli” kameralar orqali nazorat qilinadi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Toshkentdagi ayrim maktablarda davomat “aqlli” kameralar orqali nazorat qilinadi

Ijtimoiy tarmoqlarda maktab o‘quvchilari davomatini “aqlli” kameralar orqali nazorat qilish joriy etilishi haqidagi xabarlar muhokamalarga sabab bo‘ldi. Holat yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi rasmiy izoh berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, ayni paytda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ayrim maktablarda “aqlli” kameralar sinov tariqasida o‘rnatilmoqda. Ular davomatni nazorat qilish jarayonini yanada samarali tashkil etishga yordam berishi kutilmoqda.

 

Qayd etilishicha, bunday texnologiyalar nafaqat maktab ma’muriyati, balki ota-onalar uchun ham farzandlarning darslarga qatnashishi va xavfsizligini onlayn nazorat qilish imkonini yaratadi.

 

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi hamda O‘zbekiston mahallalari uyushmasining 2025-yil 18-sentyabrdagi qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, o‘quvchilarning davomatini hisobga olish hozirda e-maktab platformasi orqali amalga oshiriladi. Unga muvofiq, har bir sinfda davomat fan o‘qituvchilari va sinf rahbarlari tomonidan har kuni belgilanadi.

 

Nizomga asosan, maktabda faoliyat yurituvchi inspektor-psixolog sababsiz dars qoldirayotgan o‘quvchilarning ota-onalariga yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga rasmiy ogohlantirish yuboradi. 

 

Unda farzandning maktabga muntazam qatnashishini ta’minlash talabi qo‘yiladi hamda bu majburiyat bajarilmasa, qonunchilikka muvofiq javobgarlik kelib chiqishi mumkinligi haqida ogohlantiriladi.

 

Shuningdek, o‘quvchilarning darslarga muntazam qatnashmasligi aniqlanganda, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasiga asosan javobgarlikka tortilishi mumkin.

 

Ta’lim va ilm-fan yagona boshqaruv tizimida: yangi model nimalarni o‘zgartiradi?

Ta’lim va ilm-fan yagona boshqaruv tizimida: yangi model nimalarni o‘zgartiradi?

Ta’lim va ilm-fanni boshqarish bo‘yicha yangi islohotlar xalqaro tajribaga asoslanmoqda.

Ta’lim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?

Ta’lim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ta’lim tizimidagi yangi islohotlar mazmunini tushuntirdi.

Ta’lim tizimida katta islohot: ikki vazirlik yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi

Ta’lim tizimida katta islohot: ikki vazirlik yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi

Ushbu islohot orqali ta’limning barcha turlari o‘rtasidagi o‘zaro uzviylik va bardavomlikni ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Milliy sertifikatdagi ball berish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi

Milliy sertifikatdagi ball berish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi

Bunga sertifikat orqali OTMga hujjat topshirayotgan abituriyentlar sonining yildan-yilga oshib borayotgani sabab bo‘lmoqda.

Abituriyentlarga oltinchi ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati bu yildan joriy etiladimi?

Abituriyentlarga oltinchi ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati bu yildan joriy etiladimi?

56,7 balldan kam ball to‘plagan abituriyentlar soni ham ma’lum qilindi.

OTMlarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi

OTMlarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi

Abituriyentlar o‘z natijalarini to‘rt xil usulda bilishi mumkin.

5 yillik ish stajiga ega fuqarolarga oliygohga tavsiyanoma beruvchi tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

5 yillik ish stajiga ega fuqarolarga oliygohga tavsiyanoma beruvchi tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

Tasdiqlangan ro‘yxatdan jami 87 ta vazirlik, idora, davlat organi, agentlik, uyushma va yirik korxonalar o‘rin olgan.

“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 10 mingdan ortiq o‘quvchi milliy sertifikat oldi

“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 10 mingdan ortiq o‘quvchi milliy sertifikat oldi

40 mingga yaqin 11-sinf o‘quvchisining xorijiy til bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshirildi.