O'zbekiston

Farg‘onada xalqaro darajadagi yagona IT markaz: AQSh va O‘zbekiston diplomini olish imkoniyati

Yangi tashkil etilayotgan dasturchilarni tayyorlash markazida ta’lim to‘liq grant asosida olib boriladi. Qabul jarayoni uch bosqichdan iborat bo‘ladi.

Farg‘onada xalqaro darajadagi yagona IT markaz: AQSh va O‘zbekiston diplomini olish imkoniyati

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi, Kontent tayyorlash markazi va Farg‘ona viloyati hokimligi hamkorligida “Farg‘onada yangi O‘zbekiston nafasi” shiori ostida jurnalistlar uchun press-tur tashkil qilindi. Press-tur doirasida viloyatda xalqaro darajadagi yagona IT markaz faoliyati bilan ham tanishildi.



Farg‘ona viloyatida axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Hududni IT-hub'ga aylantirish yo‘lida yangi ta’lim loyihalari, xalqaro hamkorliklar va innovatsion infratuzilmalar bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.

 

Yangi tashkil etilayotgan dasturchilarni tayyorlash markazida ta’lim to‘liq grant asosida olib boriladi. Qabul jarayoni ikki bosqichdan iborat bo‘lib, dastlabki bosqich — Foundation darajasi suhbat asosida amalga oshiriladi. Bu bosqichda yoshlarning bazaviy bilimlari emas, balki ularning motivatsiyasi va o‘rganishga tayyorligi asosiy mezon sifatida baholanadi.

 

 

Ikkinchi bosqichga esa faqat o‘zini ko‘rsatgan, jamoada ishlay oladigan, yetarli soft skillarga ega bo‘lgan talabalar saralab olinadi. Aynan shu bosqichda chuqurlashtirilgan dasturlash ta’limi boshlanadi. Rejaga ko‘ra, har yili 320 nafargacha yuqori malakali dasturchilar tayyorlanadi.

 

Uchinchi bosqichda ularga o‘z ish joylariga ega bo‘lishi uchun olti oygacha turli xil bilim-ko‘nikmalar beriladi. Xususan, qanday qilib ish suhbatlaridan o‘tish va shu bilan bir qatorda qanday qilib startap kompaniyalarga asos solish, o‘zlarining xizmatlarini qanday qilib turli xil frilans platformalarda sota olish bo‘yicha ham ularga bilim-ko‘nikmalar berib boriladi.

 

Mazkur markaz Apple kompaniyasining rasmiy filiali bo‘lmasa-da, uning standartlari asosida faoliyat yuritadi. Ta’lim dasturlarini amalga oshirish uchun kompaniya litsenziyasi olingan bo‘lib, o‘qituvchilar ham maxsus treninglardan o‘tadi. Bu esa bitiruvchilarning xalqaro darajada raqobatbardosh bo‘lishini ta’minlaydi.

 

 

Shuningdek, Farg‘onada tashkil etilayotgan Apple Developer Center yiliga 350 nafargacha yoshlarni qamrab olib, ular tomonidan ishlab chiqilgan mahsulotlarni global bozorlarga olib chiqish imkonini yaratadi.

 

IT Park Uzbekistan Farg‘ona filiali oldiga katta maqsadlar qo‘ygan. Xususan 2026-yilga borib rezidentlar sonini 1000 nafarga, xodimlar sonini esa 3000 nafarga yetkazish rejalashtirilgan.

 

Shu bilan birga So‘nggi yillarda eksport ko‘rsatkichlari ham sezilarli oshgan:

 

  • 2024-yil: 6 mln dollar
  • 2025-yil: 12,7 mln dollar
  • 2026-yil reja: 25 mln dollar

 

Bundan tashqari, AQSh, Yaponiya va qo‘shni davlatlarda filiallar ochilishi rejalashtirilmoqda, bu esa Farg‘ona yoshlari uchun xalqaro bozorga chiqish imkonini kengaytiradi.

 

Shuningdek Farg‘onada ikki muhim oliy ta’lim loyihasi yo‘lga qo‘yilmoqda:

  • Inha University Farg‘ona filiali
  • IT Park University

 

Mazkur universitetlarda ta’lim ingliz tilida olib boriladi va dual (gibrid) model asosida tashkil etiladi. Talabalar o‘qish jarayonida amaliy loyihalarda qatnashadi va ikkinchi kursdan boshlab real kompaniyalar bilan ishlash imkoniga ega bo‘ladi.

 

Xususan, EPAM Systems bilan hamkorlikda talabalar uch yil davomida real loyihalarda ishlaydi va bitiruvchilarning deyarli barchasi ish bilan ta’minlanadi.

 

Eng quvonarlisi Ta’lim dasturlari Arizona State University bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan bo‘lib, talabalar ikki diplom — O‘zbekiston va AQSh diplomiga ega bo‘lishadi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"