Jahon

Shimoliy Koreya konstitutsiyasidan Janubiy Koreya bilan birlashish haqidagi normalar olib tashlandi

Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritib, hujjatda Janubiy Koreya “dushman davlat” sifatida qayd etildi.

Shimoliy Koreya konstitutsiyasidan Janubiy Koreya bilan birlashish haqidagi normalar olib tashlandi

 

Shimoliy Koreya (KXDR) o‘z konstitutsiyasiga muhim o‘zgartirishlar kiritdi. Yangilangan Asosiy qonundan Janubiy Koreya bilan birlashish haqidagi barcha normalar chiqarib tashlandi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

 

Yangi tahrirga ko‘ra, mamlakat hududi endi shimolda Xitoy va Rossiya, janubda esa Koreya bilan chegaradosh sifatida belgilangan. Shu bilan birga, Janubiy Koreya hujjatda alohida “dushman davlat” sifatida qayd etilgan.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur o‘zgartirishlar KXDR Oliy Xalq Assambleyasi tomonidan mart oyida qabul qilingan. Bu haqda Seuldagi ekspertlar tomonidan rasman ma’lum qilingan.

 

Yangilangan konstitutsiyada davlat rahbari maqomi ham qayta belgilangan. Kim Chen In endilikda Davlat ishlari bo‘yicha komissiya raisi va rasmiy davlat rahbari sifatida ko‘rsatilgan. Avval u “oliy rahbar” sifatida tilga olinardi.

 

Hujjatda KXDR yadroviy qurolga ega davlat sifatida yana bir bor tasdiqlanib, yadroviy kuchlar ustidan to‘liq boshqaruv vakolati davlat rahbariga yuklatilgani belgilangan. Shuningdek, mamlakat o‘zini “global tinchlikni ta’minlash uchun harakat qiluvchi mas’uliyatli yadroviy davlat” sifatida ta’riflagan.

 

Mazkur konstitutsiyaviy o‘zgarishlar Koreya yarim orolini qayta birlashtirish g‘oyasidan rasmiy voz kechilganini anglatadi.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"