Jahon

“Turkiya avvalgi Turkiya emas”: Erdo‘g‘an Yevropa Ittifoqini ogohlantirdi

Erdo‘g‘an Yevropa Ittifoqi Turkiyasiz global kuch markaziga aylana olmasligini bildirdi.

“Turkiya avvalgi Turkiya emas”: Erdo‘g‘an Yevropa Ittifoqini ogohlantirdi

Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Yevropa Ittifoqini Anqaraga nisbatan ritorika va siyosiy yondashuvni qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi. Bu haqda u Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishidan so‘ng xalqqa qilgan murojaatida ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Anadolu agentligi.

 

Erdo‘g‘anning ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqi Turkiyaning “konstruktiv pozitsiyasi”ga putur yetkazadigan bayonot va harakatlardan tiyilishi lozim. Uning fikricha, Bryussel Anqaraning ijobiy yondashuvini qo‘llab-quvvatlashi kerak.

 

“Unutmaslik kerakki, Turkiya endi avvalgi Turkiya emas, dunyo ham endi G‘arb davlatlarining ta’sir doirasi bilan cheklanib qolmagan”, dedi Prezident.

 

Erdo‘g‘an Yevropa Ittifoqi Turkiyasiz global kuch markaziga aylana olmasligini ta’kidlab, blokning ayrim institutlarida “strategik ko‘rlik” hanuz mavjudligini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, masala Turkiyaning pozitsiyasida emas, balki Bryusselning kelajakda o‘zini qanday ko‘rishida.

 

Turkiya rahbari Yevropa Ittifoqiga a’zolik jarayoni 1959 yildan beri davom etayotganini eslatib, Anqara bu yo‘lda ko‘plab adolatsiz yondashuvlarga duch kelganini qayd etdi. Shunga qaramay, Turkiya to‘liq a’zolik maqsadidan voz kechmaganini bildirdi.

 

Erdo‘g‘an, shuningdek, 2015-yildan boshlab Turkiya–Yevropa Ittifoqi munosabatlarida biroz ijobiy dinamika kuzatilganini, biroq 2016-yildagi davlat to‘ntarishiga urinishdan so‘ng bu jarayon sekinlashganini aytdi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, dunyo ko‘p qutbli tizimga o‘tmoqda va Turkiya ushbu yangi global tuzilmada yetakchi markazlardan biriga aylanish salohiyatiga ega.

 

Prezident Yevropa Ittifoqini tanlov oldida turganini ta’kidlab, u Turkiyani imkoniyat sifatida ko‘radimi yoki chetlashtiruvchi yondashuvni davom ettiradimi — bu Yevropaning kelajagini belgilashini bildirdi.

 

Erdo‘g‘an Yevropadagi qaror qabul qiluvchilarni tarixiy va siyosiy stereotiplardan voz kechib, Turkiya bilan teng va samimiy munosabatlar o‘rnatishga chaqirdi.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.