O'zbekiston

“Quva Agrostar” korxonasi eksportbop ko‘chat va meva yetishtirishda yangi tizim yaratmoqda

Bugungi kunda “Quva Agrostar” korxonasi tomonidan yiliga 12 turdagi 5 ming tonna mahsulot yetishtirish, saqlash, qayta ishlash, qadoqlash va eksport qilish yagona zanjir asosida tashkil etilgan.

“Quva Agrostar” korxonasi eksportbop ko‘chat va meva yetishtirishda yangi tizim yaratmoqda

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi, Kontent tayyorlash markazi va Farg‘ona viloyati hokimligi hamkorligida “Farg‘onada yangi O‘zbekiston nafasi” shiori ostida jurnalistlar uchun press-tur tashkil qilindi. Press-tur doirasida "Quva Agrostar" korxonasi faoliyati bilan ham tanishildi.

 

Quva tumanida ko‘chat yetishtirishning ko‘p yillik an’anaviy usullari bugun zamonaviy agrotexnologiyalar bilan uyg‘unlashmoqda. Tumanda faoliyat yuritayotgan “Quva Agrostar” korxonasi tomonidan Prezidentning tegishli qaror va farmonlari asosida in-vitro usulida, kasalliklarga chidamli, sertifikatlangan, serhosil hamda eksportbop ko‘chatlar yetishtirish tizimi yo‘lga qo‘yildi.

 

 

Avvallari hudud aholisi asosan danak ekish orqali ko‘chat yetishtirgan bo‘lsa, bugungi kunda laboratoriya sharoitida tayyorlanayotgan eksplantlar zamonaviy kassetalarga o‘tkazilib, mineral oziqlantirish, suv va maxsus parvarish texnologiyalari asosida bosqichma-bosqich yetishtirilmoqda. Ushbu tizim mevali va manzarali ko‘chatlar sifatini sezilarli darajada oshirish imkonini bermoqda.

 

Hozirgi vaqtda korxonada gilos, shaftoli, anor, atirgul hamda boshqa mevali va manzarali o‘simliklarning eksportbop navlariga talab yuqori. Xususan, “Burlat” kabi gilos navlari va zamonaviy shaftoli turlari kengaytirilmoqda. Yetishtirilayotgan ko‘chatlar keyingi bosqichlarda maxsus issiqxona va parvarish maydonlariga ko‘chirilib, tayyor holatda fermer va aholi xonadonlariga yetkazib beriladi.

 

Korxona tomonidan kooperatsiya tizimi ham yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, aholiga ko‘chatlar lizing asosida, ikki yil muddatga bo‘lib to‘lash sharti bilan taqdim etilmoqda. Eng muhimi, dehqon va fermerlar oldindan qaysi navlarga talab bo‘lishini bilgan holda ish boshlaydi. Korxona marketing bo‘limi xalqaro bozorni tahlil qilib, kelajakdagi eksport talabidan kelib chiqib buyurtmalarni shakllantirmoqda. Shu orqali tavakkalchilik kamayib, mahsulotning xaridori oldindan kafolatlanmoqda.

 

 

Bugungi kunda “Quva Agrostar” korxonasi tomonidan yiliga 12 turdagi 5 ming tonna mahsulot yetishtirish, saqlash, qayta ishlash, qadoqlash va eksport qilish yagona zanjir asosida tashkil etilgan. Korxonada Italiya, Ispaniya, Germaniya va Xitoydan keltirilgan zamonaviy texnologiyalar joriy etilgan.

 

Shuningdek, korxona faoliyatida Global GAP, ISO 22000, Halal va HACCP kabi xalqaro sertifikatlar asosida ishlanayotgani mahsulot sifati va milliy brend nufuzini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

 

Tizimli yondashuv natijasida 2025-yilda ilk bor Yaponiya, Janubiy Koreya va Buyuk Britaniya kabi talabchan bozorlarga aviaqatnovlar orqali eksport amalga oshirildi. Xususan, anorning “Chilim barmoq” navi asosida tayyorlangan quritilgan mahsulotlar Angliya bozoriga yetkazib berildi.

 

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Yaponiya va Angliyaga eksport hajmi 1 million dollarga yetgan bo‘lsa, 2027-yilgacha uchta davlat bilan jami 15 million dollarlik eksport shartnomalari tuzilgan. Joriy yil yakuniga qadar esa 25 million dollarlik mahsulotni tashqi bozorlarga chiqarish rejalashtirilgan.

 

Korxona tumandagi 33 ta mahalladagi 3 mingta xonadon hamda 1 mingta dehqon xo‘jaligi bilan kooperatsiya aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Natijada aholiga 10 sotix tomorqadan 250 million so‘mgacha daromad olish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berilmoqda.

 

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, mazkur tizim nafaqat eksport hajmini oshirish, balki qishloq aholisi bandligi va daromadlarini ko‘paytirishda ham muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"