Jahon

Vengriya Ukrainaning musodara qilingan pul va oltinlarini qaytaradi

5-mart kuni Vengriyada ushlab qolingan ikki inkassator avtomobilida 40 million dollar, 35 million yevro hamda 9 kilogramm oltin bo‘lgan.

Vengriya Ukrainaning musodara qilingan pul va oltinlarini qaytaradi

Vengriya hukumati mart oyida Budapeshtda musodara qilingan Ukraina davlat banki — “Oshadbank”ga tegishli pul mablag‘lari va oltinlarni Kiyevga qaytardi. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyga tayanib, DW ma’lum qildi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, mablag‘larning qaytarilishi ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarda “muhim qadam” bo‘lgan. Zelenskiy Vengriyaning yangi hukumatiga “konstruktiv va sivilizatsiyalashgan yondashuv” uchun minnatdorlik bildirgan.

 

Gap 5-mart kuni Vengriyada ushlab qolingan ikki inkassator avtomobili haqida bormoqda. Ularda 40 million dollar, 35 million yevro hamda 9 kilogramm oltin bo‘lgani aytilgan. Vengriya tomoni ushbu holat yuzasidan pul yuvish gumoni bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan edi.

 

Rasmiy Budapesht ma’lumotiga ko‘ra, mablag‘ va qimmatbaho metallarning tashilishi Ukraina Xavfsizlik xizmati sobiq generali hamda harbiy tajribaga ega boshqa shaxslar rahbarligida amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin.

 

“Oshadbank” esa mablag‘lar Avstriyaning Raiffeisen Bank International bilan tuzilgan xalqaro kelishuv doirasida tashilayotganini bildirgan. Ukraina tomoni inkassatorlarni ozod qilish va musodara qilingan aktivlarni qaytarishni talab qilgan.

 

Oradan bir kun o‘tib, qo‘lga olingan yetti nafar inkassator Ukrainaga qaytarilgan. Biroq Vengriya hukumati dastlab inkassator avtomobillarini qaytarishga tayyorligini, ammo pul va oltin topshirilmasligini bildirgan edi.

 

Aprel oyida Vengriyadagi parlament saylovlaridan so‘ng Zelenskiy ushbu masala Vengriyaning “Tisa” partiyasi rahbari Peter Madyar bilan muhokama qilinayotganini ma’lum qilgan. Mazkur siyosiy kuch parlament saylovlarida eng ko‘p mandatni qo‘lga kiritgan. Mamlakatda 16 yil bosh vazirlik qilgan Viktor Orban esa mag'lubiyatga uchragan.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.