Jahon

Pokistonda xudkushlik hujumi oqibatida 15 nafar politsiyachi halok bo‘ldi

Terrorchilar portlovchi moddalar ortilgan avtomobil bilan politsiya postiga hujum uyushtirgan.

Pokistonda xudkushlik hujumi oqibatida 15 nafar politsiyachi halok bo‘ldi

Pokistonning shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan Xayber Paxtunxva viloyatida sodir etilgan xudkushlik hujumi oqibatida kamida 15 nafar politsiya xodimi halok bo‘ldi. Bu haqda Dawn nashri mahalliy rasmiylarga tayanib xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, terrorchilar Bannu tumanidagi politsiya postiga portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan avtomobil yordamida hujum uyushtirgan. Kuchli portlashdan so‘ng hujumchilar bir necha yo‘nalishdan o‘q uzgan.

 

Hududiy politsiya vakili Sajjad Xonning ma’lum qilishicha, hujum vaqtida postda jami 18 nafar politsiya xodimi navbatchilik qilayotgan bo‘lgan.

 

Portlash oqibatida politsiya posti deyarli butunlay vayron bo‘lgan. Shuningdek, post hududidagi zirhli texnika yo‘q qilingan va yaqin atrofdagi binolar ham jiddiy zarar ko‘rgan.

 

Rasmiylar qutqaruv ishlari yakunlanganini bildirgan. Hozirda hududda xavfsizlik choralari kuchaytirilib, qo‘shimcha nazorat punktlari tashkil etilgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"