Jahon

Suriya Prezidenti akalarini yuqori lavozimlardan bo‘shatdi

Lekin ulardan biri Rossiyaga elchi etib tayinlanishi mumkin.

Suriya Prezidenti akalarini yuqori lavozimlardan bo‘shatdi

Suriya prezidenti Ahmad ash-Shara’a hukumatdagi kadrlar almashinuvi doirasida ikki akasi — Maher va Hazem ash-Shara'ani yuqori lavozimlardan chetlatdi. Bu haqda prezidentga yaqin manbaga tayanib i24NEWS xabar berdi.

 

Manbaga ko‘ra, mazkur o‘zgarishlar hukumat faoliyatini yangilash va suriyaliklar ishonchini qayta tiklashga qaratilgan siyosiy o‘zgarish doirasida amalga oshirilgan.

 

Maher ash-Shara’a shu paytgacha Suriya prezidenti administratsiyasi bosh kotibi lavozimida ishlab kelgan. Endilikda uning o‘rnini Homs viloyatining sobiq gubernatori Abdulrahmon al-Aama egallagan.

 

Xabarda aytilishicha, Maher ash-Shara’a Damashq va Moskva o‘rtasidagi aloqalarda muhim figuraga aylangan. Bunga uning rus tilini bilishi va rafiqasi rossiyalik ekani sabab bo‘lgani qayd etilgan. 

 

Prezidentga yaqin manba Maher ash-Shara’aning Rossiyaga elchi etib tayinlanishi ehtimoli yuqori ekanini bildirgan.

 

Prezidentning yana bir akasi Hazem ash-Shara’a ham lavozimini tark etgan. U Iqtisodiy taraqqiyot bo‘yicha oliy kengash vitse-prezidenti sifatida faoliyat yuritgan.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, aka-ukalarning lavozimdan olinishi avvaldan muhokama qilinayotgan edi. O‘tgan oy ularning otasi, iqtisodiy sharhlovchi Husayn ash-Shara’a Maher va Hazem davlatdagi faoliyatini “toza qo‘llar va yaxshi obro‘ bilan” yakunlashini ta’kidlagan.

 

i24NEWS'ning yozishicha, kadrlar almashinuvi Suriyada hokimiyat tizimini qayta shakllantirish va ichki ishonchni mustahkamlashga qaratilgan kengroq jarayonning bir qismi sifatida ko‘rilmoqda.

custom img

Ukrainada farzandsiz ayollarni frontga yuborish taklif qilindi

Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchisi mamlakatda harbiy xizmatga yaroqli aholi kamayib borayotganini ta’kidladi.

custom img

Rossiya Ukrainada 16 mingdan ortiq tinch aholini hibsda ushlab turibdi – BMT

BMT Rossiya tomonidan hibsga olingan ukrainalik fuqarolarning katta qismi qiynoqlar va shafqatsiz muomalaga duch kelayotganini ma’lum qildi.

custom img

Qozog‘istonda 15 million fuqaroning ma’lumotlari darknetda sotilmoqda

Raqamli rivojlanish vazirligi ma’lumotlar sizib chiqishi holatini tekshirmoqda.

custom img

AQSh va Eron o‘rtasidagi 60 kunlik sulh uzaytiriladi

yakuniy muddat hozircha aniqlashtirilmoqda.

custom img

“Bu allaqachon zombi davlat” — Pentagon sobiq maslahatchisi

Duglas Makgregor Ukraina Rossiya zarbalari va havo mudofaasidagi muammolar sabab “xarobalar uyumiga” aylanishi mumkinligini aytdi.

custom img

Hirotda BMTning ikki xodimi Tolibon razvedkasi tomonidan hibsga olindi

Ularning nima sababdan hibsga olingani va qanday ayblovlar qo‘yilgani haqida ma’lumot berilmagan.

custom img

Shveysariyaning Alp tog‘larida badavlat shaxslar uchun yer osti omborlari qurilmoqda

Qimmat buyumlar saqlangan eski harbiy bunkerlardan ayrimlarini “Rossiya tahdidi” fonida o‘q-dorilar uchun qayta ishga tushirish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda.

custom img

Liviyaning eng yirik neftni qayta ishlash zavodiga dronlar hujum qildi

Hujum oqibatida yoqilg‘i saqlash rezervuari qulab, yong‘in yuzaga kelgan, biroq hodisa tezda nazoratga olingan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"