Jahon

Ukraina prezidenti ofisining sobiq rahbari pul yuvishda ayblanmoqda

Andrey Yermak elita turar joy loyihasi orqali 10 million dollardan ortiq mablag‘ni legallashtirishda gumon qilinmoqda.

Ukraina prezidenti ofisining sobiq rahbari pul yuvishda ayblanmoqda

Ukraina hukumati prezident Volodimir Zelenskiyning sobiq apparat rahbari Andrey Yermakni yirik korrupsiya va pul yuvish ishi bo‘yicha gumonlanuvchi sifatida e’lon qildi, deya xabar bermoqda Reuters.

 

Ukrainaning korrupsiyaga qarshi kurashuvchi idoralari ma’lumotiga ko‘ra, Yermak Kiyev yaqinidagi elita turarjoy majmuasi orqali taxminan 10,5 million dollar mablag‘ni legallashtirish bilan bog‘liq jinoiy sxemada ishtirok etganlikda gumon qilinmoqda.

 

Qonunchilik talablariga muvofiq rasmiy bayonotda gumonlanuvchi nomi ochiqlanmagan. Biroq mahalliy OAVlar gap aynan Yermak haqida ketayotganini yozdi.

 

Yermak Ozodlik Radiosiga bergan izohida mazkur turarjoy majmuasida ko‘chmas mulkka egalik qilmasligini bildirgan, biroq boshqa tafsilotlarga izoh bermagan.

 

Mazkur ish o‘tgan yil noyabrida boshlangan keng ko‘lamli korrupsiya tergovining bir qismi hisoblanadi. O‘shanda Zelenskiyning sobiq biznes hamkori davlat atom agentligida 100 million dollarlik “otkat” sxemasini tashkil etganlikda ayblangandi.

 

Tergov doirasida Ukrainaning sobiq bosh vazir o‘rinbosari ham ayblovga tortilgan.

 

Prezidentning kommunikatsiyalar bo‘yicha maslahatchisi Dmitro Litvinning aytishicha, Yermakka nisbatan bildirilgan gumon bo‘yicha protsessual harakatlar hali davom etmoqda va hozircha yakuniy xulosa chiqarishga erta.

 

Siyosiy doiralarda Yermak uzoq vaqt davomida Zelenskiydan keyingi eng ta’sirli shaxslardan biri sifatida ko‘rilgan. Sobiq kino prodyuseri va yurist bo‘lgan Yermak AQSH vositachiligidagi Rossiya-Ukraina muzokaralarida ham Kiyevning bosh muzokarachilaridan biri edi.

 

U 2025-yilda prezident administratsiyasiga nisbatan ishonchni tiklash maqsadida amalga oshirilgan hukumatdagi o‘zgarishlar fonida lavozimini tark etgan edi.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.