Jahon

Yevropa Ittifoqi Tolibon vakillarini Bryusselga taklif qilishi mumkin

YI davlatlari jinoyat sodir etgan migrantlarni Afg‘onistonga qaytarish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.

Yevropa Ittifoqi Tolibon vakillarini Bryusselga taklif qilishi mumkin

Yevropa Ittifoqi Afg‘onistonga migrantlarni qaytarish masalasi bo‘yicha Tolibon vakillari bilan Bryusselda muzokara o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda AFP agentligiga tayanib, France 24 xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, yaqin kunlarda Kobulga uchrashuv sanasini kelishish uchun rasmiy maktub yuboriladi. Muzokaralar Shvetsiya bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda va bu Yevropa amaldorlarining Afg‘onistonga amalga oshirgan ikki safaridan keyingi navbatdagi bosqich bo‘ladi.

 

Yevrokomissiya vakiliga ko‘ra, tomonlar hozirda Bryusselda Afg‘onistondagi amaldagi hokimiyat vakillari bilan texnik darajadagi uchrashuv o‘tkazish imkoniyatini muhokama qilmoqda. Hozircha tashrifning aniq sanasi belgilanmagan.

 

So‘nggi yillarda migratsiya siyosatini qat’iylashtirayotgan Yevropa Ittifoqining qariyb 20 davlati, ayniqsa jinoyat sodir etgan migrantlarni Afg‘onistonga qaytarish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Shu maqsadda 2026 yil yanvar oyida Kobulda texnik uchrashuv ham o‘tkazilgan.

 

Biroq bunday muzokaralar qator bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Chunki Tolibon Yevropa Ittifoqi tomonidan rasman tan olinmagan. 

 

Shunga qaramay, Belgiya hukumati Bryusselga kelishi mumkin bo‘lgan Tolibon vakillariga maxsus ruxsat berishga tayyor ekani aytilmoqda.

 

Ayni paytda Afg‘onistonda og‘ir gumanitar vaziyat saqlanib qolmoqda. Xalqaro tashkilotlar ma’lumotiga ko‘ra, 2023 yildan buyon besh milliondan ortiq afg‘on Eron va Pokistondan qaytgan bo‘lib, ularning aksariyati uy-joy va ish o‘rnisiz yashamoqda.

 

Yevropa Ittifoqi statistikasida qayd etilishicha, 2013–2024 yillarda ittifoq davlatlari afg‘on fuqarolaridan bir millionga yaqin boshpana so‘rovlarini qabul qilgan. 2025 yilda ham afg‘onlar boshpana so‘rab murojaat qiluvchilar orasida eng katta ulushni tashkil etgan.

 

Bu borada eng faol davlatlardan biri Germaniya hisoblanadi. Berlin 2024 yildan beri jinoiy javobgarlikka tortilgan 100 dan ortiq afg‘onni Qatar vositachiligidagi charter reyslar orqali deportatsiya qilgan.

 

Mamlakatdagi kayfiyat so‘nggi yillarda afg‘onlar tomonidan sodir etilgan bir qator halokatli hujumlar, jumladan, o‘tgan yili Myunxenda avtomobil bilan odamlarni bosib ketish hodisasidan keyin yanada keskinlashgan.

 

Avstriya ham shunday yo‘l tutib, sentyabr oyi o‘rtalarida Vena shahrida Tolibon vakillari delegatsiyasini qabul qilgan.

 

Belgiya va Shvetsiya kabi yana bir qator Yevropa Ittifoqi davlatlari ham migratsiyaga qarshi qat’iy pozitsiyadagi siyosatchilar qo‘llovi ostida shu tajribani takrorlashni ko‘rib chiqmoqda.

 

Migratsiya huquqlari bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar esa afg‘onlarni og‘ir ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat hukm surayotgan mamlakatga qaytarish insonlar hayotiga xavf tug‘dirishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"