O'zbekiston

O‘zbekistonda ayollar erkaklardan ko‘pmi?

Eng yuqori ko‘rsatkich Namangan viloyatida qayd etilgan bo‘lib, u yerda har 1000 nafar ayolga 1034 nafar erkak to‘g‘ri keladi.

O‘zbekistonda ayollar erkaklardan ko‘pmi?

O‘zbekistonda 2026-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, har 1000 nafar ayolga o‘rtacha 1015 nafar erkak to‘g‘ri kelgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

 

Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Namangan viloyatida qayd etilgan bo‘lib, u yerda har 1000 nafar ayolga 1034 nafar erkak to‘g‘ri keladi. 

 

Keyingi o‘rinlarda Qashqadaryo viloyati — 1029 nafar, Andijon viloyati — 1027 nafar va Navoiy viloyati — 1026 nafar bilan qayd etilgan.

 

Shuningdek, Surxondaryo viloyatida bu ko‘rsatkich 1025 nafarni tashkil etgan. Jizzax va Farg‘ona viloyatlarida — 1019 nafardan, Samarqand viloyatida — 1016 nafar erkak har 1000 nafar ayol hisobiga to‘g‘ri kelgan.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasida mazkur ko‘rsatkich 1010 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, Sirdaryo viloyatida — 1009 nafar, Toshkent viloyatida — 1008 nafar, Buxoro viloyatida — 1006 nafar va Xorazm viloyatida — 1004 nafar etib qayd qilingan.

 

Toshkent shahri esa ro‘yxatda eng past ko‘rsatkichga ega hudud bo‘lgan. Poytaxtda har 1000 nafar ayolga 966 nafar erkak to‘g‘ri kelgan.

custom img

Toshkentda yerusti metro bekatining tomi qulab tushdi, ikki yo‘lovchi jarohatlandi

Hozirda poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatilgan.

custom img

XDP pullik avtoturargohlar uchun jarima joriy etilishiga qarshi chiqdi

Partiya pullik avtoturargoh uchun to‘lovni amalga oshirmagan haydovchilarga ma’muriy jarima qo‘llash tashabbusi Konstitutsiya va amaldagi qonunchilikka zid ekanini bildirdi.

custom img

Navoiyda IIB tergovchisiga nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atildi

U olib qo‘yilgan telefonni qaytarish evaziga 1000 AQSH dollari olgan.

custom img

Toshkent viloyatidagi barcha bog‘chalar anomal issiq sabab vaqtincha yopildi

Davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati 16-iyuldan vaqtincha to‘xtatildi.

custom img

“Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasining ilk kunida qariyb 490 mlrd so‘mlik shartnomalar imzolandi

Samarqandda o'tayotgan transport sohasiga bag‘ishlangan ko'rgazmada 81 ta hamkorlik memorandumi imzolandi.

custom img

O‘zbekistonda havo harorati 48 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda

18–20-iyul kunlari mamlakatga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi davom etadi.

custom img

"Qo‘qon patiri" geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

Bu mahsulot sifati va gastronomik brendini himoya qilishga xizmat qiladi.

custom img

Endilikda fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va telefon raqamlarini onlayn boshqara oladi

My.gov.uz portalida bank kartalarini bloklash, foydalanilmayotgan SIM-kartalarni o‘chirish va pullik xizmatlarni tekshirish imkoniyati yaratiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"