O'zbekiston

Samarqandda uchta yuk avtomobili ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Hodisaga haydovchining rulda uxlab qolishi sabab bo‘lgan.

Samarqandda uchta yuk avtomobili ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Samarqand viloyati Paxtachi tumanida yuk avtomobillari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Viloyat YHXB ma’lumotiga ko‘ra, hodisa 16-may kuni soat 04:30 larda M-37 “Samarqand–Buxoro–Turkmanboshi” avtomobil yo‘lining 118-kilometrida yuz bergan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, “FAV” rusumli yuk avtomobili haydovchisi Samarqand–Navoiy yo‘nalishida harakatlanayotib uxlab qolgan va rul boshqaruvini yo‘qotgan. Natijada avtomobil yo‘l chetida to‘xtab turgan “SINOTRUK HOWO” yuk mashinasining chap yon qismiga urilgan.

 

Shundan so‘ng transport vositasi harakatni to‘xtata olmasdan, oldinda to‘xtab turgan yana bir “SINOTRUK HOWO” rusumli yuk avtomobilining orqa qismiga kelib urilgan.

 

Hodisa oqibatida “FAV” hamda “SINOTRUK HOWO” rusumli yuk transport vositalarida yong‘in yuzaga kelgan. Yong‘in Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tomonidan tezkor ravishda bartaraf etilgan.

 

Ma’lum qilinishicha, yo‘l-transport hodisasi oqibatida tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.

 

Mazkur holat yuzasidan Paxtachi tumani IIB JXX YHXG tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"