O'zbekiston

Sergeli avtomobil bozorida “aqlli” nazorat tizimi joriy etilmoqda

Tizim orqali bozorga kiruvchi transport vositalari hisobi yuritilib, davlat raqam belgilari aniqlanadi hamda avtomobillarning savdo maydonlariga joylashuvi nazorat qilinadi.

Sergeli avtomobil bozorida “aqlli” nazorat tizimi joriy etilmoqda

Toshkentdagi Sergeli avtobozorida savdo jarayonlarini tartibga solish, raqamlashtirish hamda xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga qaratilgan ishlar amalga oshirilmoqda, deya xabar bermoqda Bojxona qo‘mitasi.

 

Ma’lum qilinishicha, bozor hududida zamonaviy “Situatsion markaz” tashkil etilgan. Ushbu markaz orqali hududga kirib-chiqayotgan avtotransport vositalari harakati, savdo jarayonlari, avtoturargohlar bandligi va xavfsizlik holatini onlayn monitoring qilish imkoniyati yaratiladi.

 

Shuningdek, “aqlli kameralar”ni o‘rnatish va kabel tarmoqlarini tortish ishlari bosqichma-bosqich davom ettirilmoqda. Tizim orqali bozorga kiruvchi transport vositalari hisobi yuritilishi, davlat raqam belgilari aniqlanishi hamda avtomobillarning savdo maydonlariga joylashuvi nazorat qilinishi rejalashtirilgan.

 

Bozor hududi boshqaruv va raqamlashtirish tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida 9 ta funksional blokka ajratilgan. Ayrim hududlar avtomobil savdosi, vaqtinchalik va doimiy avtoturargoh sifatida qayta tashkil etilgan. Ma’muriy binolar hamda ehtiyot qismlar savdosi uchun ham alohida maydonlar belgilangan.

 

Bundan tashqari, infratuzilmani tartibga keltirish doirasida omborxona va avtoservislarni qayta tashkil etish rejalashtirilgan. Hududdagi tartibsiz joylashgan konteynerlar xatlovdan o‘tkazilib, 100 dan ortig‘i qayta joylashtirilgan.

 

Bozorga kirish uchun qo‘shimcha yondosh yo‘l loyihasi ishlab chiqilgani, hududda asfaltlash ishlari olib borilayotgani va avtomobillar uchun yangi joylar tashkil etilayotgani aytilmoqda.

 

Shu bilan birga, bozor hududidagi savdo do‘konlari, xizmat ko‘rsatish shoxobchalari va boshqa inshootlar soliq hamda kadastr mutaxassislari ishtirokida qayta xatlovdan o‘tkazilmoqda.

 

Fuqarolar uchun qulaylik yaratish maqsadida avtomobillarni oldindan joylashtirish imkonini beruvchi “Click Avto” mobil ilovasi ham ishlab chiqilgani ma’lum qilindi.

Toshkent metrosida 10 ming dollar topildi: pul egasiga qaytarildi

Toshkent metrosida 10 ming dollar topildi: pul egasiga qaytarildi

Pul egasi mashina olish uchun kelgan Qozog‘iston fuqarosi ekanligi aniqlangan.

“Umra”ga yuborish evaziga 1 100 dollar: Farg‘onada turfirma xodimi ushlandi

“Umra”ga yuborish evaziga 1 100 dollar: Farg‘onada turfirma xodimi ushlandi

U tegishli litsenziyasiz 4 nafar fuqaroni ziyoratga yuborish uchun 4 400 dollar talab qilgan.

Omonatga xiyonat: bank xodimi 13 nafar fuqaroning omonat pullarini o‘zlashtirdi

Omonatga xiyonat: bank xodimi 13 nafar fuqaroning omonat pullarini o‘zlashtirdi

Xodim fuqarolardan olingan 1,3 mlrd so‘mni bank kassasiga kiritmasdan, o‘z ehtiyojlariga sarflagani fosh etildi.

“Yorqin xonadon”: “Temir daftar”dagi 1 197 ta oilaga quyosh panellari bepul o‘rnatiladi

“Yorqin xonadon”: “Temir daftar”dagi 1 197 ta oilaga quyosh panellari bepul o‘rnatiladi

Loyiha ehtiyojmand oilalarning elektr energiyasi xarajatlarini kamaytirish va ortiqcha ishlab chiqarilgan elektr energiyasini tarmoqqa sotish orqali qo‘shimcha daromad olishiga imkon beradi.

11–12-oktabr kunlari sel xavfi: 9 ta viloyat aholisi ogohlantirildi

11–12-oktabr kunlari sel xavfi: 9 ta viloyat aholisi ogohlantirildi

Ayrim hududlarda yomg‘ir suvlari to‘planib, hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.

Gaz quvurlari ko‘chiriladi: 8-oktabr kuni gaz vaqtincha o‘chiriladi

Gaz quvurlari ko‘chiriladi: 8-oktabr kuni gaz vaqtincha o‘chiriladi

Ko‘chirish ishlari yakunlangach, gaz ta'minoti xavfsizlik talablari asosida bosqichma-bosqich tiklanadi.

TDTU talabalari issiq va qulay turar joylarga joylashtirildi

TDTU talabalari issiq va qulay turar joylarga joylashtirildi

Yotoqxonaga avval joylashtirilgan talabalardan undirilgan to‘lovlar tadbirkor tomonidan uch kun muddatda to‘liq qaytarib beriladi.

O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Turkmanistonga bordi

O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Turkmanistonga bordi

Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvi hamda MDH sammitida ishtirok etadi.