Jahon

Tramp “dunyodagi eng faol terrorchilardan biri” yo'q qilinganini e'lon qildi

IShID yetakchisi Abu Bilol al-Maynuqiy AQSh va Nigeriya harbiylari o'rtasida qo'shma operatsiya natijasida yo'q qilingan.

Tramp “dunyodagi eng faol terrorchilardan biri” yo'q qilinganini e'lon qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp Afrikada faoliyat yuritgan IShID yetakchilaridan biri Abu Bilol al-Maynuqiy yo‘q qilinganini ma’lum qildi. U bu haqda o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozgan.



Trampning bayonotiga ko‘ra, AQSh va Nigeriya qurolli kuchlari hamkorligida o‘tkazilgan maxsus va puxta rejalashtirilgan operatsiya davomida “dunyodagi eng faol terrorchilardan biri” jang maydonidan chiqarib tashlangan.



AQSh prezidenti ushbu operatsiya oldindan aniq razvedka ma’lumotlari asosida amalga oshirilganini qayd etib, Amerika tomoniga Afrikadagi terroristik guruhlar faoliyati bo‘yicha doimiy ma’lumot yetkazib borilganini ta’kidlagan.



Uning so‘zlariga ko‘ra, al-Maynuqiy yo‘q qilingach, IShIDning Afrikadagi faoliyatida sezilarli zaiflashuv kuzatilgan.



Shuningdek, Donald Tramp Nigeriya hukumati va qurolli kuchlariga ushbu operatsiyani amalga oshirishdagi hamkorlik uchun minnatdorlik bildirgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"