Sport

Eldor Shomurodov Turkiya Superligasida eng ko‘p gol urgan futbolchi bo‘ldi

Futbolchi mavsum davomida 22 ta gol urib, 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Eldor Shomurodov Turkiya Superligasida eng ko‘p gol urgan futbolchi bo‘ldi

 

O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov Istanbul Bashakshehir klubi safida mavsum davomida 22 ta gol urib, 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

 

Natijalarga ko‘ra, u Turkiya Superligasida to‘purarlar poygasida birinchi o‘rinni egalladi. Shomurodov mavsum yakunida maxsus mukofot va ramziy kartochka bilan taqdirlandi.

 

Ikkinchi o‘rinni Pol Onuachu egallagan. U ham 22 ta gol urgan bo‘lsa-da, gollarning bir qismi penaltilardan bo‘lgani sababli reytingda ikkinchi pog‘onada qayd etilgan.

 

Uchinchi o‘rinda esa Anderson Taliska (Fenerbahche) 19 ta gol va 4 ta golli uzatma bilan mavsumni yakunlagan. Viktor Osimhen hamda boshqa yetakchi hujumchilar 15 tadan gol bilan kuchli beshlikdan joy olgan.

 

Eldor Shomurodov 2025-yil yozida Italiyaning Roma klubidan İstanbul Bashakshehir safiga o‘tgandi.

 

Shomurodov 2021-yil yozida “Roma”ga transfer qilingan. U poytaxt klubi safida jami 85 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol muallifiga aylangan. 2023-yil yanvar oyida u Spetsiya klubiga ijara asosida o‘tgan va mavsumni shu jamoada yakunlagan. 2023/24 yilgi mavsumda esa Klaudio Raneri boshqaruvidagi Kalyari safida ijara asosida o'ynagan.



2025-yil yakunlariga ko‘ra, Eldor Shomurodov O‘zbekistonda “Yilning eng yaxshi futbolchisi” deb topilgandi.

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.