O'zbekiston

Farg‘onada o'smir bolalardan iborat jinoiy guruh qo‘lga olindi

Ular maktab o‘quvchilari va fuqarolarni qo‘rqitish, tahdid qilish orqali talonchilik qilib kelgan.

Farg‘onada o'smir bolalardan iborat jinoiy guruh qo‘lga olindi

 

Farg‘ona viloyatida maktab o‘quvchilari va fuqarolarni qo‘rqitib kelgan uyushgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi ma'lum qildi.

 

Qayd etilishicha, jinoiy guruh tarkibida 15, 18 va 20 yoshli shaxslar bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, muqaddam Jinoyat kodeksining 97-moddasi — qasddan odam o‘ldirish jinoyati bilan sudlangan, 2004-yilda tug‘ilgan shaxs guruh yetakchisi sifatida boshqa shaxslarni atrofiga jamlagan.

 

Ma’lum qilinishicha, guruh a’zolari Qirguli dahasi hududida maktab o‘quvchilari hamda fuqarolarni qo‘rqitish, tan jarohati yetkazish bilan tahdid qilish orqali telefon apparatlari va boshqa moddiy qiymatliklarni o‘g‘rilik, firibgarlik hamda talonchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritib kelgan.

 

Shuningdek, mazkur jinoiy to‘da safiga boshqa yoshlarni jalb qilishga muntazam urinishlar bo‘lgani ham qayd etilgan.

 

Davlat xavfsizlik xizmati hamda ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida o'tkazilgan tezkor tadbirlar davomida guruhning noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yilgan.

Hozirda jinoiy guruhning barcha a’zolari Jinoyat-protsessual kodeksining 224-moddasi tartibida vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.

 

Tezkor tadbirlar davomida gumonlanuvchilardan uyali aloqa vositalari, “gashish” giyohvandlik moddasi hamda sovuq qurol ashyoiy dalil sifatida olingan va tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Ayni paytda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Xivada 12,3 gektarlik xalqaro turistik shaharcha barpo etiladi

Majmuada mehmonxonalar, muzey, restoranlar, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari joylashtiriladi.

custom img

Qirg‘iziston va O‘zbekiston hududlarni almashish bo‘yicha keyingi qadamlarni kelishib oldi

Hududlarni almashish bo‘yicha kelishuvlarni amalga oshirish uchun qo‘shma ishchi guruh tuzdi. Guruh aholi fuqaroligi, ko‘chirish, mulkiy huquqlar, yerdan foydalanish va ijtimoiy himoya masalalarini hal qiladi.

custom img

Xorazm viloyatida 176 million dollarlik 12 ta loyiha ishga tushirildi

Yangi loyihalarni ishga tushirish marosimi Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

custom img

Xivada Lyaonin pedagogika universiteti filiali ochildi

Majmuani qurish va jihozlash uchun davlat budjetidan 140 milliard so‘m ajratilgan bo‘lib, bu yerda 120 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.

custom img

O‘zbekiston va Turkiya jurnalistlari media sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi

Tomonlar jurnalistlar malakasini oshirish, raqamli media, sun’iy intellekt va zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha qo‘shma loyihalarni muhokama qildi.

custom img

“Odil sudlov – 2030”: sud tizimida yangi islohotlar bosqichi

2027–2030-yillarda barcha tuman va shaharlarda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tashkil etiladi.

custom img

Urganch aeroportidan Xivaga qatnov vaqti 40 daqiqagacha qisqaradi

Davlat rahbari yangi elektropoyezdda Xiva shahriga keldi.

custom img

Yoshlar zamonaviy mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitiladi

Prezident Xorazm ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi va Kasblar shaharchasi faoliyati bilan tanishdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"