Sport

“Arsenal” 22 yillik tanaffusdan so‘ng Angliya chempioniga aylandi

Bu “Arsenal” tarixidagi 14-chempionlik unvoni bo‘ldi.

“Arsenal” 22 yillik tanaffusdan so‘ng Angliya chempioniga aylandi



Londonning “Arsenal” futbol klubi “Manchester Siti” va “Bornmut” o‘rtasidagi uchrashuvning 1:1 hisobidagi durang natijasi evaziga mavsum yakunlanishiga bir tur qolganida chempionlikni rasman qo‘lga kiritdi. Bu haqda Championat nashri xabar berdi.



Mikel Arteta boshchiligidagi londonliklar so‘nggi uch mavsum davomida Premyer-ligada ikkinchi o‘rinni egallab kelayotgan edi. O‘tgan mavsumda jamoa “Manchester Siti” va “Liverpul” ortida qolgan bo‘lsa, bu safar mavsumning katta qismida turnir jadvalida yetakchilikni saqlab qoldi.



Aprel oyida “Manchester Siti”ga qarshi uchrashuvdagi mag‘lubiyatdan keyin chempionlik poygasi yana keskinlashgan edi. Biroq “Siti”ning navbatdagi turda ochko yo‘qotishi “Arsenal”ga uzoq kutilgan sovrinni muddatidan oldin taqdim etdi.



Mazkur chempionlik “Arsenal” tarixidagi 14-chempionlik unvoni bo‘ldi.

London klubi oxirgi marta 2003/2004-yilgi mavsumda Arsen Venger boshchiligida Premyer-liga g‘olibiga aylangan edi. O‘sha mavsumda jamoa birorta ham mag‘lubiyatga uchramay, futbol tarixida “Yengilmaslar” nomi bilan qolgan edi.

Ronaldinio yana maydonda: afsonaviy futbolchi rasmiy o‘yinda qatnashmoqda

Ronaldinio yana maydonda: afsonaviy futbolchi rasmiy o‘yinda qatnashmoqda

46 yoshli futbolchi Italiyaning “Ravenna” klubi safida “Forli”ga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshladi.

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

Mezbonlar ikki to‘p farqi bilan oldinda borayotganiga qaramay, ustunlikni saqlab qola olmadi.

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

The Times ma’lumotiga ko‘ra, musobaqani kengaytirish taklifi UEFA va Osiyo futbol konfederatsiyasi qarshiligiga uchragan.

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

O‘zbekiston terma jamoasi noyabr oyida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Uning fikricha, klubdagi murabbiylik faoliyatining o‘ziga xos afzalligi bor.

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

41 yoshli hujumchi milliy jamoa safida 23 yil davomida kiyib kelgan 7-raqamli futbolkasini keyingi avlodga topshirishini ma’lum qildi.

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Bunga mintaqadagi vaziyat, logistika qiyinchiliklari va transportdagi uzilishlarni sabab qilib ko‘rsatdi.

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Paxtakor» va «Al-Nassr» o‘rtasidagi uchrashuv 2 noyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi.