Madaniyat

Prezident farmoni bilan ikki nafar kinorejissyor “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandi

Kann shahrida o‘tkazilgan xalqaro inklyuziv kinofestivalda Gran-pri sovrinini qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik kinoijodkorlar Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.

Prezident farmoni bilan ikki nafar kinorejissyor “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandi

 

Toshkent xalqaro aeroportida Fransiyaning Kann shahrida o‘tkazilgan ENTRE DEUX CANNES 17-xalqaro inklyuziv kinofestivalida yuksak natijaga erishgan o‘zbekistonlik kinoijodkorlarni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

 

                                       

 

Avval xabar qilinganidek, “Cannes Film Festival” doirasida tashkil etilgan nufuzli xalqaro kinofestivalda o‘zbekistonlik ijodkorlar tomonidan suratga olingan “Qadam. Quyosh bolasi Yusuf” nomli qisqa metrajli film eng oliy mukofot — Gran-pri sovriniga sazovor bo‘ldi.

 

                                           

 

Mazkur xalqaro muvaffaqiyat Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ham alohida e’tirof etilib, “Xalqaro kinofestivalda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yosh ijodkorlarni mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmon qabul qilindi. Unga muvofiq, Gran-pri sovrindorlari “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandi.

 

Tantanali kutib olish marosimida Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, Prezident Administratsiyasi vakillari, madaniyat va san’at sohasi mutasaddilari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, kino ixlosmandlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

 

                                         

 

Tadbir davomida Prezident Farmoniga muvofiq “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlangan kinorejissyorlar Suhrob Qodirov va Dilshodbek Usmonovga mukofotlar tantanali ravishda topshirildi.

 

                                         

 

                                         

Islom sivilizatsiyasi markazi Jenevadagi BMT qarorgohida Markaziy Osiyoning ilmiy va ma’naviy merosini taqdim etdi

Islom sivilizatsiyasi markazi Jenevadagi BMT qarorgohida Markaziy Osiyoning ilmiy va ma’naviy merosini taqdim etdi

Tadbirda Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Moturidiy merosi, mintaqaning jahon ilm-faniga qo‘shgan hissasi hamda xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Ko‘rgazmada taqdim etilgan kitoblar BMT kutubxonasiga sovg‘a qilindi.

Amir Temur va Temuriylar merosi: Fransiyada xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazildi

Amir Temur va Temuriylar merosi: Fransiyada xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazildi

Unda Sohibqiron va Temuriylar merosi, shuningdek, O‘zbekiston va Fransiya olimlari o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

O‘zbekiston prezidenti tashabbusidan — Parijdagi xalqaro muloqotgacha: Islom sivilizatsiyasi markazi UNESCOda Movarounnahr allomalari merosini taqdim etdi

O‘zbekiston prezidenti tashabbusidan — Parijdagi xalqaro muloqotgacha: Islom sivilizatsiyasi markazi UNESCOda Movarounnahr allomalari merosini taqdim etdi

Unda 300 dan ortiq olim, diplomat va xalqaro tashkilotlar vakillari qatnashdi.

Moskvada O‘zbekiston nafasi: “Madaniyat kunlari” yuqori notada o‘tdi

Moskvada O‘zbekiston nafasi: “Madaniyat kunlari” yuqori notada o‘tdi

Rossiyada uchinchi bor “O‘zbekiston madaniyati kunlari” tashkil etilib, tadbirlar davomida yurtdoshlar bilan uchrashuvlar, madaniy hamkorlik muzokaralari va o‘zbek san’ati namoyishlari o‘tkazildi.

Turk kinosi yulduzlari Toshkentda: kino kunlari boshlanadi

Turk kinosi yulduzlari Toshkentda: kino kunlari boshlanadi

25–29-sentabr kunlari Toshkentda “Turk kinosi kunlari” bo‘lib o‘tadi. Tadbirning ochilish marosimida Engin Altan Duzyatan, Ozge Gurel, Serkan Chayoglu va Deniz Barut o‘zbekistonlik muxlislar bilan uchrashadi.

Koreyada O‘zbekiston nafasi: milliy sanʼat va madaniyat namoyishi

Koreyada O‘zbekiston nafasi: milliy sanʼat va madaniyat namoyishi

Joriy yilning 14–21-sentyabr kunlari Koreya Respublikasining Kochang, Boryon, Seul, Chonju, Andong va Sunchon shaharlarida “O‘zbekiston madaniyati kunlari” o‘tkazilmoqda.

O‘zbek ohanglari London sahnalarida: yangi musiqiy hamkorlikka start berildi

O‘zbek ohanglari London sahnalarida: yangi musiqiy hamkorlikka start berildi

O‘zbekiston va Buyuk Britaniya musiqa sanʼati, taʼlimi va industriyasi sohalarida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.

Ulug‘bek Qodirov VII Xalqaro Lendok film festivalida “Eng yaxshi aktyor” deb topildi

Ulug‘bek Qodirov VII Xalqaro Lendok film festivalida “Eng yaxshi aktyor” deb topildi

Aktyor mukofotga “Kazbek” filmidagi bosh roli uchun sazovor bo‘lgan.