Madaniyat

Koreyada O‘zbekiston nafasi: milliy sanʼat va madaniyat namoyishi

Joriy yilning 14–21-sentyabr kunlari Koreya Respublikasining Kochang, Boryon, Seul, Chonju, Andong va Sunchon shaharlarida “O‘zbekiston madaniyati kunlari” o‘tkazilmoqda.

Koreyada O‘zbekiston nafasi: milliy sanʼat va madaniyat namoyishi



Madaniyat kunlari doirasida Janubiy Koreya poytaxti Seul shahridagi «Sejong Art Center»ning «Grand Theater» zalida «O‘zbekiston madaniyati kunlari»ning tantanali ochilish marosimi va konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.



Tadbirda O‘zbekistonning boy milliy musiqa va sanʼat merosi keng namoyish etildi. Madaniy dasturda O‘zbekiston xalq artistlari Ozodbek Nazarbekov, Zulayxo Boyxonova, Kamoliddin O‘rinboyev, Ilyos Arabov va Aygul Nodirova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ozoda Nursaidova, shuningdek, taniqli xonandalar Hulkar Abdullayeva va Ulug‘bek Yo‘lchiyev ishtirok etdi.

 

     



Konsert dasturidan O‘zbekiston davlat simfonik orkestri, “Navbahor” raqs ansambli, maqom va opera sanʼati namoyandalarining chiqishlari ham o‘rin oldi. Tomoshabinlarga o‘zbek simfonik musiqasi, milliy raqs, maqom va opera sanʼati hamda zamonaviy estrada namunalari taqdim etildi.



Mazkur madaniy tadbirlarning asosiy maqsadi O‘zbekistonning boy madaniy merosi, zamonaviy sanʼati va milliy qadriyatlarini Koreya jamoatchiligiga keng namoyish etish, ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy-gumanitar hamkorlikni yana-da rivojlantirish hamda ijodiy aloqalarni mustahkamlashdan iborat.



Madaniyat kunlari dasturi keng qamrovli bo‘lib, Koreya Respublikasining turli shaharlarida simfonik konsertlar, ko‘rgazmalar, uchrashuvlar va boshqa madaniy tadbirlarni qamrab olgan.

 

         



Jumladan, Kochang shahridagi «Gochang Cultural Center» majmuasida, 15-sentyabr kuni Boryon shahridagi «Boryeong Culture and Arts Center» majmuasida «O‘zbek madaniyati fasllari» simfonik konsert dasturlari namoyish etildi.



Seul shahridagi «Sejong Art Center»da madaniyat kunlarining tantanali ochilish marosimi va konsert dasturi ham o‘tkazildi. Shuningdek, «O‘zbek madaniyati fasllari» foto va milliy liboslar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

 

       



Dasturga muvofiq, 18-sentyabr kuni Chonju shahridagi «Korean Traditional Music Center», 19-sentyabr kuni Andong shahridagi «Andong Art Center» majmualarida «O‘zbek madaniyati fasllari» simfonik konsert dasturlari o‘tkaziladi. 21-sentyabr kuni esa Sunchon shahridagi «Suncheon Cultural Center» majmuasida «O‘zbekiston madaniyati kunlari»ning tantanali yopilish marosimi va konsert dasturi bo‘lib o‘tadi.



Madaniyat kunlari doirasida O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov boshchiligidagi delegatsiya tomonidan Koreya Respublikasida madaniyat va sanʼat, taʼlim hamda xalqaro gumanitar hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan qator uchrashuvlar ham o‘tkazildi.

 

         



Xususan, Seul shahrida O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Koreya Respublikasi madaniyat, sport va turizm vaziri Chxve Xvi Yon o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Muloqot davomida ikki mamlakat o‘rtasida madaniyat va sanʼat sohasidagi aloqalarni yana-da kengaytirish masalalari muhokama qilindi.



Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi Seuldagi «Sungshin Women‘s University» universitetida bo‘lib, taʼlim va madaniyat sohalarida hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi. Uchrashuv yakunida Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa sanʼati instituti hamda «Sungshin Women‘s University» o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

 

       



Mazkur hujjat ikki taʼlim muassasasi o‘rtasida madaniyat va sanʼat sohasida taʼlim hamda tajriba almashinuvini rivojlantirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida akademik aloqalarni kengaytirish, shuningdek, qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.



Bundan tashqari, madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Koreya Respublikasida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik yoshlar bilan uchrashib, ular bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.



O‘zbekiston delegatsiyasining Koreya Respublikasidagi uchrashuvlari doirasida Koreya Respublikasi jamg‘armasi prezidenti Gvido Song bilan ham muloqot tashkil etildi. Unda ikki mamlakat o‘rtasida madaniyat va sanʼat sohasidagi hamkorlikni yana-da kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

 

       

 

Madaniyat kunlari doirasida Koreya Respublikasida «Sanʼat va Buyuk Ipak yo‘li — do‘stlik yo‘llarini bog‘lovchi rishtalar» ko‘rgazmasi ham ochildi. Ko‘rgazmada O‘zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosi, sanʼati va ijodiy anʼanalari namunalari koreys jamoatchiligiga taqdim etilmoqda.



Keng qamrovli madaniy dastur O‘zbekistonning boy madaniy merosini xalqaro maydonda targ‘ib qilish, ikki mamlakat ijodkorlari va madaniyat muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish, shuningdek, O‘zbekiston va Koreya xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro anglashuvni yana-da mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

O‘zbekiston va Ozarbayjon olimlari uchun yangi imkoniyat: Bokuda ilmiy memorandum imzolandi

O‘zbekiston va Ozarbayjon olimlari uchun yangi imkoniyat: Bokuda ilmiy memorandum imzolandi

Bokuda O‘zbekiston va Ozarbayjonning mushtarak tarixiy merosi, islom sivilizatsiyasi va ilmiy hamkorligiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi.

BERNAMA: "O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tadqiqotlar uchun BMT arxivlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi"

BERNAMA: "O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tadqiqotlar uchun BMT arxivlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi"

Malayziyaning BERNAMA milliy axborot agentligi O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazining xalqaro ilmiy hamkorligi va BMT kutubxonasi hamda arxivlaridan foydalanish imkoniyatiga bag‘ishlangan maqola eʼlon qildi.

Islom sivilizatsiyasi markazi Jenevadagi BMT qarorgohida Markaziy Osiyoning ilmiy va ma’naviy merosini taqdim etdi

Islom sivilizatsiyasi markazi Jenevadagi BMT qarorgohida Markaziy Osiyoning ilmiy va ma’naviy merosini taqdim etdi

Tadbirda Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Moturidiy merosi, mintaqaning jahon ilm-faniga qo‘shgan hissasi hamda xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Ko‘rgazmada taqdim etilgan kitoblar BMT kutubxonasiga sovg‘a qilindi.

Amir Temur va Temuriylar merosi: Fransiyada xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazildi

Amir Temur va Temuriylar merosi: Fransiyada xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazildi

Unda Sohibqiron va Temuriylar merosi, shuningdek, O‘zbekiston va Fransiya olimlari o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

O‘zbekiston prezidenti tashabbusidan — Parijdagi xalqaro muloqotgacha: Islom sivilizatsiyasi markazi UNESCOda Movarounnahr allomalari merosini taqdim etdi

O‘zbekiston prezidenti tashabbusidan — Parijdagi xalqaro muloqotgacha: Islom sivilizatsiyasi markazi UNESCOda Movarounnahr allomalari merosini taqdim etdi

Unda 300 dan ortiq olim, diplomat va xalqaro tashkilotlar vakillari qatnashdi.

Moskvada O‘zbekiston nafasi: “Madaniyat kunlari” yuqori notada o‘tdi

Moskvada O‘zbekiston nafasi: “Madaniyat kunlari” yuqori notada o‘tdi

Rossiyada uchinchi bor “O‘zbekiston madaniyati kunlari” tashkil etilib, tadbirlar davomida yurtdoshlar bilan uchrashuvlar, madaniy hamkorlik muzokaralari va o‘zbek san’ati namoyishlari o‘tkazildi.

Turk kinosi yulduzlari Toshkentda: kino kunlari boshlanadi

Turk kinosi yulduzlari Toshkentda: kino kunlari boshlanadi

25–29-sentabr kunlari Toshkentda “Turk kinosi kunlari” bo‘lib o‘tadi. Tadbirning ochilish marosimida Engin Altan Duzyatan, Ozge Gurel, Serkan Chayoglu va Deniz Barut o‘zbekistonlik muxlislar bilan uchrashadi.

O‘zbek ohanglari London sahnalarida: yangi musiqiy hamkorlikka start berildi

O‘zbek ohanglari London sahnalarida: yangi musiqiy hamkorlikka start berildi

O‘zbekiston va Buyuk Britaniya musiqa sanʼati, taʼlimi va industriyasi sohalarida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.