Madaniyat

BERNAMA: "O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tadqiqotlar uchun BMT arxivlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi"

Malayziyaning BERNAMA milliy axborot agentligi O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazining xalqaro ilmiy hamkorligi va BMT kutubxonasi hamda arxivlaridan foydalanish imkoniyatiga bag‘ishlangan maqola eʼlon qildi.

BERNAMA: "O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tadqiqotlar uchun BMT arxivlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi"

 

Malayziyaning BERNAMA axborot agentligi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi BMT kutubxonasi va arxivlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lgani haqida xabar berdi.

 

Malayziyaning BERNAMA milliy axborot agentligi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining xalqaro ilmiy faoliyati va Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan hamkorligiga bag‘ishlangan maqola eʼlon qildi.

 

Maqolada asosiy eʼtibor Markaz va BMTning Jenevadagi kutubxonasi o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish bo‘yicha erishilgan kelishuvga qaratilgan. Mazkur kelishuv O‘zbekiston va Markaziy Osiyo tarixiga oid manbalarni ilmiy jihatdan o‘rganish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. Agentlik taʼkidlashicha, BMT kutubxonasi va arxiv materiallaridan foydalanish mintaqaning tarixiga doir shu paytgacha nomaʼlum bo‘lgan maʼlumotlarni tadqiq etish imkonini beradi.

 

BERNAMA, shuningdek, Jenevadagi Millatlar saroyida tashkil etilgan «Sivilizatsiyalar, shaxslar, kashfiyotlar» xalqaro ko‘rgazmasi hamda Movarounnahrning maʼnaviy va ilmiy merosiga bag‘ishlangan ilmiy konferensiya haqida ham batafsil maʼlumot berdi.

 

BMTning Jenevadagi bo‘linmasi Bosh direktori Tatyana Valovaya Markazning tarixiy merosni zamonaviy texnologiyalar yordamida namoyish etishga qaratilgan yondashuvini yuqori baholab, BMT kutubxonasi va Markaz o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollariga ishonch bildirdi.

 

Maqolada, shuningdek, Markaz tomonidan ko‘rgazmada namoyish etilgan kitoblarning BMTning Jenevadagi bo‘linmasi kutubxonasiga hadya qilingani, Buxoro, Samarqand va Termizdan yetishib chiqqan buyuk allomalarning jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissasi haqida ham so‘z yuritilgan.

 

BERNAMA agentligida eʼlon qilingan mazkur material O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining ilmiy tashabbuslari xalqaro ahamiyat kasb etayotganini hamda BMT bilan ilmiy-tadqiqot yo‘nalishidagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini alohida taʼkidlaydi.

Islom sivilizatsiyasi markazi Jenevadagi BMT qarorgohida Markaziy Osiyoning ilmiy va ma’naviy merosini taqdim etdi

Islom sivilizatsiyasi markazi Jenevadagi BMT qarorgohida Markaziy Osiyoning ilmiy va ma’naviy merosini taqdim etdi

Tadbirda Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Moturidiy merosi, mintaqaning jahon ilm-faniga qo‘shgan hissasi hamda xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Ko‘rgazmada taqdim etilgan kitoblar BMT kutubxonasiga sovg‘a qilindi.

Amir Temur va Temuriylar merosi: Fransiyada xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazildi

Amir Temur va Temuriylar merosi: Fransiyada xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazildi

Unda Sohibqiron va Temuriylar merosi, shuningdek, O‘zbekiston va Fransiya olimlari o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

O‘zbekiston prezidenti tashabbusidan — Parijdagi xalqaro muloqotgacha: Islom sivilizatsiyasi markazi UNESCOda Movarounnahr allomalari merosini taqdim etdi

O‘zbekiston prezidenti tashabbusidan — Parijdagi xalqaro muloqotgacha: Islom sivilizatsiyasi markazi UNESCOda Movarounnahr allomalari merosini taqdim etdi

Unda 300 dan ortiq olim, diplomat va xalqaro tashkilotlar vakillari qatnashdi.

Moskvada O‘zbekiston nafasi: “Madaniyat kunlari” yuqori notada o‘tdi

Moskvada O‘zbekiston nafasi: “Madaniyat kunlari” yuqori notada o‘tdi

Rossiyada uchinchi bor “O‘zbekiston madaniyati kunlari” tashkil etilib, tadbirlar davomida yurtdoshlar bilan uchrashuvlar, madaniy hamkorlik muzokaralari va o‘zbek san’ati namoyishlari o‘tkazildi.

Turk kinosi yulduzlari Toshkentda: kino kunlari boshlanadi

Turk kinosi yulduzlari Toshkentda: kino kunlari boshlanadi

25–29-sentabr kunlari Toshkentda “Turk kinosi kunlari” bo‘lib o‘tadi. Tadbirning ochilish marosimida Engin Altan Duzyatan, Ozge Gurel, Serkan Chayoglu va Deniz Barut o‘zbekistonlik muxlislar bilan uchrashadi.

Koreyada O‘zbekiston nafasi: milliy sanʼat va madaniyat namoyishi

Koreyada O‘zbekiston nafasi: milliy sanʼat va madaniyat namoyishi

Joriy yilning 14–21-sentyabr kunlari Koreya Respublikasining Kochang, Boryon, Seul, Chonju, Andong va Sunchon shaharlarida “O‘zbekiston madaniyati kunlari” o‘tkazilmoqda.

O‘zbek ohanglari London sahnalarida: yangi musiqiy hamkorlikka start berildi

O‘zbek ohanglari London sahnalarida: yangi musiqiy hamkorlikka start berildi

O‘zbekiston va Buyuk Britaniya musiqa sanʼati, taʼlimi va industriyasi sohalarida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.

Ulug‘bek Qodirov VII Xalqaro Lendok film festivalida “Eng yaxshi aktyor” deb topildi

Ulug‘bek Qodirov VII Xalqaro Lendok film festivalida “Eng yaxshi aktyor” deb topildi

Aktyor mukofotga “Kazbek” filmidagi bosh roli uchun sazovor bo‘lgan.