Madaniyat

Turk kinosi yulduzlari Toshkentda: kino kunlari boshlanadi

25–29-sentabr kunlari Toshkentda “Turk kinosi kunlari” bo‘lib o‘tadi. Tadbirning ochilish marosimida Engin Altan Duzyatan, Ozge Gurel, Serkan Chayoglu va Deniz Barut o‘zbekistonlik muxlislar bilan uchrashadi.

Turk kinosi yulduzlari Toshkentda: kino kunlari boshlanadi

 

25–29-sentabr kunlari Toshkentda Turkiya–O‘zbekiston madaniyat va san’at uchrashuvlari doirasida “Turk kinosi kunlari” bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi Zamon.uz'ga ma'lum qildi.

 

O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tashkil etilayotgan tadbir Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi Kinematografiya bosh boshqarmasi ko‘magida O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida o‘tkaziladi.

 

Besh kun davomida tomoshabinlarga turli janrlardagi turk filmlari namoyish etiladi. Dasturdan ijodiy uchrashuvlar hamda taniqli kino vakillari ishtirokidagi tadbirlar ham o‘rin olgan.

 

25-sentabr kuni bo‘lib o‘tadigan tantanali ochilish marosimida taniqli turk aktyorlari Engin Altan Duzyatan, Ozge Gurel, Serkan Chayoglu va Deniz Barut qizil yo‘lakdan o‘tib, o‘zbekistonlik muxlislar bilan uchrashadi.

 

Ochilish marosimida Turkiyaning madaniy merosi va sayyohlik salohiyatini xalqaro tomoshabinlarga tanishtiruvchi “Kökenlerin Fısıltısı” mini-seriali ham namoyish etiladi. Unda bosh rollarni ijro etgan Engin Altan Duzyatan va Ozge Gurel gala-kechada tomoshabinlar bilan uchrashadi.

 

Shuningdek, TRT telekanalining “Mehmed: Fetihler Sultanı” serialida Fotih Sulton Mehmed obrazini gavdalantirgan Serkan Chayoglu hamda “Bak Postacı Geliyor” filmida Gulizar rolini ijro etgan Deniz Barut tadbirda ishtirok etadi.

 

26-sentabr kuni film namoyishlari rejissyor Tunç Davutning “Kesilmiş Bir Ağaç Gibi” filmi bilan boshlanadi. Ali Ipin, Feyyaz Duman va Selen Kurtaran bosh rollarni ijro etgan ushbu film 99-Oskar mukofotining “Eng yaxshi xalqaro film” yo‘nalishida Turkiyaning rasmiy nomzodi sifatida tanlangan.

 

27-sentabr kuni rejissyor Yüksel Aksuning “Bak Postacı Geliyor” filmi namoyish etiladi. 1950-yillarda Egey mintaqasidagi kichik shaharchada kechadigan voqealar markazida pochtachi Osmonning Gulizarga yetishish yo‘lidagi kurashi tasvirlangan. Bosh rollarni Deniz Barut va Ozan Akbaba ijro etgan.

 

28-sentabr kuni rejissyorlar Ibrahim Büyükak va Emrah Ağuş suratga olgan “Mutluyuz mu?” filmi tomoshabinlarga taqdim etiladi. Unda bosh rollarni Ibrahim Büyükak va Yasemin Sakallıoğlu ijro etgan.

 

“Turk kinosi kunlari” 29-sentabr kuni rejissyorlar Emre Karael va Leyla Yamaning “Dedektif Reptır” animatsion filmi namoyishi bilan yakunlanadi. Film sirli voqealarga oydinlik kiritishga intilayotgan Detektiv Reptır va uning jamoasi sarguzashtlari haqida hikoya qiladi.

O‘zbekiston va Ozarbayjon olimlari uchun yangi imkoniyat: Bokuda ilmiy memorandum imzolandi

O‘zbekiston va Ozarbayjon olimlari uchun yangi imkoniyat: Bokuda ilmiy memorandum imzolandi

Bokuda O‘zbekiston va Ozarbayjonning mushtarak tarixiy merosi, islom sivilizatsiyasi va ilmiy hamkorligiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi.

BERNAMA: "O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tadqiqotlar uchun BMT arxivlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi"

BERNAMA: "O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tadqiqotlar uchun BMT arxivlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi"

Malayziyaning BERNAMA milliy axborot agentligi O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazining xalqaro ilmiy hamkorligi va BMT kutubxonasi hamda arxivlaridan foydalanish imkoniyatiga bag‘ishlangan maqola eʼlon qildi.

Islom sivilizatsiyasi markazi Jenevadagi BMT qarorgohida Markaziy Osiyoning ilmiy va ma’naviy merosini taqdim etdi

Islom sivilizatsiyasi markazi Jenevadagi BMT qarorgohida Markaziy Osiyoning ilmiy va ma’naviy merosini taqdim etdi

Tadbirda Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Moturidiy merosi, mintaqaning jahon ilm-faniga qo‘shgan hissasi hamda xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Ko‘rgazmada taqdim etilgan kitoblar BMT kutubxonasiga sovg‘a qilindi.

Amir Temur va Temuriylar merosi: Fransiyada xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazildi

Amir Temur va Temuriylar merosi: Fransiyada xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazildi

Unda Sohibqiron va Temuriylar merosi, shuningdek, O‘zbekiston va Fransiya olimlari o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

O‘zbekiston prezidenti tashabbusidan — Parijdagi xalqaro muloqotgacha: Islom sivilizatsiyasi markazi UNESCOda Movarounnahr allomalari merosini taqdim etdi

O‘zbekiston prezidenti tashabbusidan — Parijdagi xalqaro muloqotgacha: Islom sivilizatsiyasi markazi UNESCOda Movarounnahr allomalari merosini taqdim etdi

Unda 300 dan ortiq olim, diplomat va xalqaro tashkilotlar vakillari qatnashdi.

Moskvada O‘zbekiston nafasi: “Madaniyat kunlari” yuqori notada o‘tdi

Moskvada O‘zbekiston nafasi: “Madaniyat kunlari” yuqori notada o‘tdi

Rossiyada uchinchi bor “O‘zbekiston madaniyati kunlari” tashkil etilib, tadbirlar davomida yurtdoshlar bilan uchrashuvlar, madaniy hamkorlik muzokaralari va o‘zbek san’ati namoyishlari o‘tkazildi.

Koreyada O‘zbekiston nafasi: milliy sanʼat va madaniyat namoyishi

Koreyada O‘zbekiston nafasi: milliy sanʼat va madaniyat namoyishi

Joriy yilning 14–21-sentyabr kunlari Koreya Respublikasining Kochang, Boryon, Seul, Chonju, Andong va Sunchon shaharlarida “O‘zbekiston madaniyati kunlari” o‘tkazilmoqda.

O‘zbek ohanglari London sahnalarida: yangi musiqiy hamkorlikka start berildi

O‘zbek ohanglari London sahnalarida: yangi musiqiy hamkorlikka start berildi

O‘zbekiston va Buyuk Britaniya musiqa sanʼati, taʼlimi va industriyasi sohalarida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.