Madaniyat

O‘zbekiston prezidenti tashabbusidan — Parijdagi xalqaro muloqotgacha: Islom sivilizatsiyasi markazi UNESCOda Movarounnahr allomalari merosini taqdim etdi

Unda 300 dan ortiq olim, diplomat va xalqaro tashkilotlar vakillari qatnashdi.

O‘zbekiston prezidenti tashabbusidan — Parijdagi xalqaro muloqotgacha: Islom sivilizatsiyasi markazi UNESCOda Movarounnahr allomalari merosini taqdim etdi

 

Parijdagi UNESCO bosh qarorgohida “Islom sivilizatsiyasi: Movarounnahrning buyuk ma’naviy va ilmiy merosi hamda ma’rifat ufqlari” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

 

Unda 300 dan ortiq olim, diplomat, xalqaro tashkilotlar, yetakchi universitetlar, ilmiy institutlar, muzey va kutubxonalar vakillari qatnashdi. Tadbirda Markaziy Osiyoning ilmiy va ma’naviy merosi, buyuk allomalarning jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissasi hamda ilm-fan va ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

 

Konferensiya O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, O‘zbekistonning UNESCOdagi Doimiy vakolatxonasi, Milliy komissiyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Fransiyadagi elchixonasi va boshqa ilmiy-madaniy tashkilotlar hamkorligida tashkil etildi.

 

Tadbir O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 23-sentabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida ilgari surgan tashabbuslari doirasida tashkil etilgani ta’kidlandi. Prezident Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Moturidiylarning ilmiy-ma’naviy merosini chuqur o‘rganish va xalqaro maydonda keng targ‘ib qilish zarurligini qayd etgan edi.

 

Konferensiyaning markaziy qismi Islom sivilizatsiyasi markazi taqdimotiga bag‘ishlandi. Unda Markazning konsepsiyasi, ilmiy va muzey faoliyati, tarixiy merosni asrash, qo‘lyozmalarni o‘rganish hamda zamonaviy raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektdan foydalanishga qaratilgan loyihalari haqida ma’lumot berildi.

 

Markaz ekspozitsiyasi O‘zbekiston hududidagi uch ming yildan ortiq tarixni — qadimgi madaniyatlardan Birinchi va Ikkinchi Renessans davrlari orqali Yangi O‘zbekistongacha bo‘lgan jarayonlarni qamrab olishi qayd etildi.

 

Tadbirda Oksford Islom tadqiqotlari markazi, IRCICA, ISESCO va boshqa nufuzli xalqaro ilmiy-madaniy tashkilotlar vakillari ham ishtirok etdi. Ular O‘zbekistonning tarixiy va madaniy merosi, shuningdek, Islom sivilizatsiyasi markazining xalqaro ahamiyati haqida fikr bildirdi.

 

Konferensiya doirasidagi ilmiy sessiyalarda Markaziy Osiyoning ma’naviy va intellektual merosi, Movarounnahr allomalarining jahon ilm-fani rivojiga qo‘shgan hissasi, tarixiy manbalarni raqamlashtirish va qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

 

Shuningdek, yetakchi xorijiy ilmiy va madaniy muassasalar bilan yangi hamkorlik loyihalarini amalga oshirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

 

Konferensiya yakunida UNESCO bosh qarorgohida yuqori martabali mehmonlar, diplomatlar, olimlar va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirokida tantanali qabul o‘tkazildi. Tadbirda Islom sivilizatsiyasi markazining ilmiy, madaniy va ma’rifiy loyihalari ham taqdim etildi.

Moskvada O‘zbekiston nafasi: “Madaniyat kunlari” yuqori notada o‘tdi

Moskvada O‘zbekiston nafasi: “Madaniyat kunlari” yuqori notada o‘tdi

Rossiyada uchinchi bor “O‘zbekiston madaniyati kunlari” tashkil etilib, tadbirlar davomida yurtdoshlar bilan uchrashuvlar, madaniy hamkorlik muzokaralari va o‘zbek san’ati namoyishlari o‘tkazildi.

Turk kinosi yulduzlari Toshkentda: kino kunlari boshlanadi

Turk kinosi yulduzlari Toshkentda: kino kunlari boshlanadi

25–29-sentabr kunlari Toshkentda “Turk kinosi kunlari” bo‘lib o‘tadi. Tadbirning ochilish marosimida Engin Altan Duzyatan, Ozge Gurel, Serkan Chayoglu va Deniz Barut o‘zbekistonlik muxlislar bilan uchrashadi.

Koreyada O‘zbekiston nafasi: milliy sanʼat va madaniyat namoyishi

Koreyada O‘zbekiston nafasi: milliy sanʼat va madaniyat namoyishi

Joriy yilning 14–21-sentyabr kunlari Koreya Respublikasining Kochang, Boryon, Seul, Chonju, Andong va Sunchon shaharlarida “O‘zbekiston madaniyati kunlari” o‘tkazilmoqda.

O‘zbek ohanglari London sahnalarida: yangi musiqiy hamkorlikka start berildi

O‘zbek ohanglari London sahnalarida: yangi musiqiy hamkorlikka start berildi

O‘zbekiston va Buyuk Britaniya musiqa sanʼati, taʼlimi va industriyasi sohalarida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.

Ulug‘bek Qodirov VII Xalqaro Lendok film festivalida “Eng yaxshi aktyor” deb topildi

Ulug‘bek Qodirov VII Xalqaro Lendok film festivalida “Eng yaxshi aktyor” deb topildi

Aktyor mukofotga “Kazbek” filmidagi bosh roli uchun sazovor bo‘lgan.

Toshkentda madaniyat va san’at sohasidagi islohotlar muhokama qilinib, yangi rahbarlar tayinlandi

Toshkentda madaniyat va san’at sohasidagi islohotlar muhokama qilinib, yangi rahbarlar tayinlandi

Yig‘ilishda sohadagi kamchiliklar tanqid qilinib, yil yakuniga qadar namunali ko‘rsatkichlarga erishish vazifasi belgilandi.

O‘zbekiston va Gretsiya 2026–2028 yillarga mo‘ljallangan madaniy hamkorlik dasturini imzoladi

O‘zbekiston va Gretsiya 2026–2028 yillarga mo‘ljallangan madaniy hamkorlik dasturini imzoladi

Iskandar Makedonskiy va Roksana tarixiga bag‘ishlangan qo‘shma badiiy film yaratish tashabbusi ilgari surildi.

Ganjada O‘zbekiston va Ozarbayjon san’atkorlari ishtirokida “Do‘stlik” konserti bo‘lib o‘tdi

Ganjada O‘zbekiston va Ozarbayjon san’atkorlari ishtirokida “Do‘stlik” konserti bo‘lib o‘tdi

Tadbir ikki qardosh xalq madaniyatini o‘zaro targ‘ib etish hamda do‘stlik munosabatlarini yanada mustahkamlashga hissa qo‘shgan madaniy voqea sifatida baholandi.