Madaniyat

Moskvada O‘zbekiston nafasi: “Madaniyat kunlari” yuqori notada o‘tdi

Rossiyada uchinchi bor “O‘zbekiston madaniyati kunlari” tashkil etilib, tadbirlar davomida yurtdoshlar bilan uchrashuvlar, madaniy hamkorlik muzokaralari va o‘zbek san’ati namoyishlari o‘tkazildi.

Moskvada O‘zbekiston nafasi: “Madaniyat kunlari” yuqori notada o‘tdi

 

4–5-oktabr kunlari Rossiya Federatsiyasida navbatdagi “O‘zbekiston madaniyati kunlari” o‘tkazildi. Mazkur tadbir Rossiyada uchinchi bor tashkil etilib, ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni yanada rivojlantirishga xizmat qildi.

 

Madaniyat kunlari doirasida O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Rossiyada ta’lim olayotgan o‘zbekistonlik yoshlar hamda turli sohalarda mehnat qilayotgan yurtdoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Unda O‘zbekistonning Rossiyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Botirjon Asadov ham ishtirok etdi.

 

Tadbirlarning muhim qismlaridan biri O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning Madaniyat masalalari bo‘yicha kichik qo‘mitasining oltinchi yig‘ilishi bo‘ldi.

 

Uchrashuvda O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Rossiya madaniyat vaziri Olga Lyubimova boshchiligidagi delegatsiyalar ishtirok etdi. Tomonlar madaniyat va san’at sohasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qildi.

 

Qo‘shma loyihalarni ko‘paytirish, ijodiy jamoalar almashinuvini kengaytirish hamda ikki xalqning boy madaniy merosini targ‘ib qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

 

Shuningdek, O‘zbekiston xoreografiya akademiyasi rektori Shuxrat Toxtasimov, O‘zbekiston raqs san’ati ijodiy birlashmasi ijodiy rahbari Charos Djurabayeva va Moskva xoreografiya akademiyasi rektori Svetlana Zaxarova o‘rtasida memorandum imzolandi.

 

Yig‘ilish yakunida O‘zbekiston va Rossiya madaniyat vazirlari Ozodbek Nazarbekov va Olga Lyubimova tomonidan Madaniyat masalalari bo‘yicha kichik qo‘mitaning oltinchi yig‘ilishi bayonnomasi ham imzolandi.

 

Madaniyat kunlarining asosiy tadbirlaridan yana biri Moskva shahridagi Davlat Kreml saroyida O‘zbekiston davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan “Yangi O‘zbekiston shu’lasi” tantanali konserti bo‘ldi.

 

Konsert dasturida O‘zbekistonning milliy musiqa, maqom, opera, estrada va xoreografiya san’ati namunalari namoyish etildi. Shuningdek, o‘zbek va rus xalqlarining musiqiy merosini uyg‘unlashtirgan asarlar ijro qilindi.

 

Tadbirda O‘zbekiston milliy simfonik orkestri, Yunus Rajabiy nomidagi Maqom ansambli, Mukarrama To‘rg‘unboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansambli, O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti talabalari hamda taniqli san’atkorlar ishtirok etdi.

 

Bundan tashqari, O‘zbekiston madaniyati va san’atiga bag‘ishlangan fotoko‘rgazma tashkil etilib, mamlakatning boy madaniy merosi va zamonaviy ijodiy yutuqlari namoyish qilindi.

 

Ma’lumot uchun, ilk “O‘zbekiston madaniyati kunlari” 2021-yil 9–12-iyun kunlari Moskva va Sankt-Peterburg shaharlarida, ikkinchi tadbir esa 2024-yil 17–20-noyabr kunlari Moskva shahrida o‘tkazilgan.

 

O‘zaro madaniyat kunlarini tashkil etish an’anasi doirasida 2025-yil 28–31-may kunlari Toshkent va Samarqand shaharlarida “Rossiya madaniyati kunlari” ham tashkil etilgan.

 

Navbatdagi “O‘zbekiston madaniyati kunlari” ikki mamlakat xalqlarini madaniyat va san’at orqali yanada yaqinlashtirish, shuningdek, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirishga qaratildi.

Turk kinosi yulduzlari Toshkentda: kino kunlari boshlanadi

Turk kinosi yulduzlari Toshkentda: kino kunlari boshlanadi

25–29-sentabr kunlari Toshkentda “Turk kinosi kunlari” bo‘lib o‘tadi. Tadbirning ochilish marosimida Engin Altan Duzyatan, Ozge Gurel, Serkan Chayoglu va Deniz Barut o‘zbekistonlik muxlislar bilan uchrashadi.

Koreyada O‘zbekiston nafasi: milliy sanʼat va madaniyat namoyishi

Koreyada O‘zbekiston nafasi: milliy sanʼat va madaniyat namoyishi

Joriy yilning 14–21-sentyabr kunlari Koreya Respublikasining Kochang, Boryon, Seul, Chonju, Andong va Sunchon shaharlarida “O‘zbekiston madaniyati kunlari” o‘tkazilmoqda.

O‘zbek ohanglari London sahnalarida: yangi musiqiy hamkorlikka start berildi

O‘zbek ohanglari London sahnalarida: yangi musiqiy hamkorlikka start berildi

O‘zbekiston va Buyuk Britaniya musiqa sanʼati, taʼlimi va industriyasi sohalarida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.

Ulug‘bek Qodirov VII Xalqaro Lendok film festivalida “Eng yaxshi aktyor” deb topildi

Ulug‘bek Qodirov VII Xalqaro Lendok film festivalida “Eng yaxshi aktyor” deb topildi

Aktyor mukofotga “Kazbek” filmidagi bosh roli uchun sazovor bo‘lgan.

Toshkentda madaniyat va san’at sohasidagi islohotlar muhokama qilinib, yangi rahbarlar tayinlandi

Toshkentda madaniyat va san’at sohasidagi islohotlar muhokama qilinib, yangi rahbarlar tayinlandi

Yig‘ilishda sohadagi kamchiliklar tanqid qilinib, yil yakuniga qadar namunali ko‘rsatkichlarga erishish vazifasi belgilandi.

O‘zbekiston va Gretsiya 2026–2028 yillarga mo‘ljallangan madaniy hamkorlik dasturini imzoladi

O‘zbekiston va Gretsiya 2026–2028 yillarga mo‘ljallangan madaniy hamkorlik dasturini imzoladi

Iskandar Makedonskiy va Roksana tarixiga bag‘ishlangan qo‘shma badiiy film yaratish tashabbusi ilgari surildi.

Ganjada O‘zbekiston va Ozarbayjon san’atkorlari ishtirokida “Do‘stlik” konserti bo‘lib o‘tdi

Ganjada O‘zbekiston va Ozarbayjon san’atkorlari ishtirokida “Do‘stlik” konserti bo‘lib o‘tdi

Tadbir ikki qardosh xalq madaniyatini o‘zaro targ‘ib etish hamda do‘stlik munosabatlarini yanada mustahkamlashga hissa qo‘shgan madaniy voqea sifatida baholandi.

Belarus Respublikasida “O‘zbekiston madaniyati kunlari” bo‘lib o‘tmoqda

Belarus Respublikasida “O‘zbekiston madaniyati kunlari” bo‘lib o‘tmoqda

Minsk shahridagi “Pobeda” kinoteatrida “O‘zbek kinosi kunlari” tantanali ravishda ochildi. O‘zbek filmlari belarus tomoshabinlariga namoyish etilmoqda.