Jahon

Qozog‘iston 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar cheklanadi

Qozog‘iston bu borada Avstraliya va Yevropa davlatlari tajribasini o‘rganayotganini bildirgan.

Qozog‘iston 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar cheklanadi

 

Qozog‘istonda 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini cheklash masalasi muhokama qilinmoqda. Bu haqda Tengrinews.kz nashri xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, mamlakat Madaniyat va axborot vazirligi tomonidan tegishli qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi hujjatlar paketi ishlab chiqilgan. Unda voyaga yetmaganlarning onlayn platformalarda ro‘yxatdan o‘tishini cheklovchi normalar ham mavjud.

 

Madaniyat va axborot vaziri o‘rinbosari Yevgeniy Kochetovning aytishicha, hozircha mazkur cheklovni amalga oshirish mexanizmlari yakuniy shakllantirilmagan. Hujjat ayni paytda davlat idoralari bilan muvofiqlashtirilmoqda va hali parlament muhokamasiga kiritilmagan.

 

Rasmiyga ko‘ra, cheklovlar asosan 16 yoshgacha bo‘lgan yangi foydalanuvchilarning ijtimoiy tarmoqlarda akkaunt ochishiga taalluqli bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, mavjud akkauntlarga qanday tartib qo‘llanishi masalasi hali muhokama qilinmoqda.

 

Kochetov bu tashabbusni “global trend” deb atab, Avstraliya ijtimoiy tarmoqlar bo‘yicha yosh cheklovlarini joriy etgan ilk davlatlardan biri bo‘lganini eslatgan. Shuningdek, bir qator Yevropa davlatlari ham shu yo‘nalishda qonunchilikni qayta ko‘rib chiqayotgani ta’kidlangan.

 

Rasmiylarning bildirishicha, Qozog‘iston boshqa davlatlar tajribasini, jumladan yoshni aniqlash va foydalanuvchilarni tekshirish tizimlarini ham o‘rganmoqda. Yakuniy qonun loyihasi yangi parlament — Qurultoy tomonidan ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.

“Bir safarda bir nechta mamlakat”: Japarov yagona sayyohlik vizasini taklif qildi

“Bir safarda bir nechta mamlakat”: Japarov yagona sayyohlik vizasini taklif qildi

Qirg‘iziston prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon uchun yagona sayyohlik vizasini joriy etishni ilgari surdi.

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

JSST vakili dunyo bo‘ylab o‘lat holatlari bo‘yicha statistikani maʼlum qildi.

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

AQSH prezidenti orada yana bir qurolli mojaroga chek qo‘yishni kutayotganini aytdi.

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Dastlab to‘lov faqat havo orqali mamlakatni tark etayotgan yo‘lovchilarga nisbatan qo‘llanadi.

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Yig‘im faqat mamlakatdan havo transportida chiqishda undiriladi, quruqlik va dengiz orqali chiqishda esa olinmaydi.

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Uning saylanishi muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishi ehtimolini bartaraf etib, mamlakatdagi siyosiy tanglikni yumshatdi.

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Ukraina rasmiylariga ko‘ra, hujumlar Kiyev, Poltava, Dnepropetrovsk va Xarkov viloyatlariga qaratilgan.

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

U xizmatga beparvolikda gumon qilinib hibsga olingan.