O'zbekiston

Yozgi ta’tilda o‘quvchilar nazorati yuzasidan kafolat xati olinayotgani rad etildi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi  bu mazmunda hech qanday ko‘rsatma yoki tavsiya berilmaganini ma’lum qildi.

Yozgi ta’tilda o‘quvchilar nazorati yuzasidan kafolat xati olinayotgani rad etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda umumta’lim maktablari sinf rahbarlaridan o‘quvchilarni yozgi ta’til davrida nazorat qilib borish hamda ota-onalar bilan hamkorlik qilish bo‘yicha kafolat xati talab qilinayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

 

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi axborot xizmati rahbari mazkur holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirib, hududiy  bo‘linmalar va ta’lim muassasalariga bu mazmunda hech qanday ko‘rsatma yoki tavsiya berilmaganini ma’lum qildi.

 

 

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan kafolat xati namunasida sinf rahbari o‘zi rahbarlik qilayotgan o‘quvchilarni qattiq nazoratga olishi, har xil o‘tirishlar, pul yig‘imlari qilishlariga yo‘l qo‘ymasligini kafolatlashi ko‘rsatilgan. Ularning ota-onalaridan kafolat xatlari olishi, ta’til vaqtida muntazam aloqada bo‘lib turishi, kafolat xatida qayd etilgan holatlar yuzasidan har kuni maktab direktoriga va MMIBDO‘ga axborot berishi keltirilgan.

Omonatga xiyonat: bank xodimi 13 nafar fuqaroning omonat pullarini o‘zlashtirdi

Omonatga xiyonat: bank xodimi 13 nafar fuqaroning omonat pullarini o‘zlashtirdi

Xodim fuqarolardan olingan 1,3 mlrd so‘mni bank kassasiga kiritmasdan, o‘z ehtiyojlariga sarflagani fosh etildi.

“Yorqin xonadon”: “Temir daftar”dagi 1 197 ta oilaga quyosh panellari bepul o‘rnatiladi

“Yorqin xonadon”: “Temir daftar”dagi 1 197 ta oilaga quyosh panellari bepul o‘rnatiladi

Loyiha ehtiyojmand oilalarning elektr energiyasi xarajatlarini kamaytirish va ortiqcha ishlab chiqarilgan elektr energiyasini tarmoqqa sotish orqali qo‘shimcha daromad olishiga imkon beradi.

11–12-oktabr kunlari sel xavfi: 9 ta viloyat aholisi ogohlantirildi

11–12-oktabr kunlari sel xavfi: 9 ta viloyat aholisi ogohlantirildi

Ayrim hududlarda yomg‘ir suvlari to‘planib, hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.

Gaz quvurlari ko‘chiriladi: 8-oktabr kuni gaz vaqtincha o‘chiriladi

Gaz quvurlari ko‘chiriladi: 8-oktabr kuni gaz vaqtincha o‘chiriladi

Ko‘chirish ishlari yakunlangach, gaz ta'minoti xavfsizlik talablari asosida bosqichma-bosqich tiklanadi.

TDTU talabalari issiq va qulay turar joylarga joylashtirildi

TDTU talabalari issiq va qulay turar joylarga joylashtirildi

Yotoqxonaga avval joylashtirilgan talabalardan undirilgan to‘lovlar tadbirkor tomonidan uch kun muddatda to‘liq qaytarib beriladi.

O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Turkmanistonga bordi

O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Turkmanistonga bordi

Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvi hamda MDH sammitida ishtirok etadi.

Ta’limda sun’iy intellekt va ingliz tilidagi darslar: Prezidentga yangi takliflar taqdim etildi

Ta’limda sun’iy intellekt va ingliz tilidagi darslar: Prezidentga yangi takliflar taqdim etildi

Taqdimotda ta’lim sifatini oshirish, pedagoglarga metodik yordamni kuchaytirish va tizimda zamonaviy yondashuvlarni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Toshkentda havo sifati yomonlashdi: hafta oxirigacha davom etadi

Toshkentda havo sifati yomonlashdi: hafta oxirigacha davom etadi

Bunday holatlar tungi va ertalabki vaqtlarda qisqa muddatli kuzatilishi mumkin.