Sport

Lionel Messi milliarderlar ro‘yxatiga kiritildi — Bloomberg

Futbolchining boyligi 1 milliard dollardan oshgani ma’lum qilindi.

Lionel Messi milliarderlar ro‘yxatiga kiritildi — Bloomberg

 

Bloomberg nashri argentinalik futbolchi Lionel Messini milliarderlar ro‘yxatiga kiritdi. Shu tariqa, sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi, “Inter Mayami” klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi rasmiy ravishda milliard dollardan ortiq boylikka ega sportchilar safidan joy oldi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2007-yildan buyon professional faoliyat yuritib kelayotgan 38 yoshli futbolchi ish haqi, bonuslar va tijoriy shartnomalar hisobidan qariyb 700 million dollar daromad olgan. Natijada uning umumiy boyligi 1 milliard dollardan oshgan.

 

Shu bilan Messi Bloomberg Billionaires Index reytingida milliarder futbolchilar orasida ikkinchi o‘rinni egallagan. Avvalroq Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu ham ushbu ro‘yxatga kiritilgan edi.

 

Messi 2023-yildan buyon AQShning “Inter Mayami” klubida to‘p surmoqda. U futbol tarixidagi eng ko‘p sovrin yutgan o‘yinchilardan biri bo‘lib, 46 ta sovringa ega. Uning yutuqlari orasida 2022-yilgi Jahon chempionati g‘alabasi, “Barselona” bilan Chempionlar Ligasi va Ispaniya chempionati sovrinlari, shuningdek “PSJ” safidagi Fransiya chempionliklari mavjud.

custom img

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

custom img

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

custom img

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

custom img

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi yana uchta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik sportchilar Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarining navbatdagi bahslarida aralash jang sanʼati va ushu yo‘nalishlarida uchta kumush medalga sazovor bo‘ldi.

custom img

Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston U-23 jamoasi chorak final yo‘llanmasini naqd qildi

Ravshan Haydarov shogirdlari muddatidan avval guruhdan chiqish vazifasini uddaladi.

custom img

Isroil boykot qilindi: Pokiston Isroilga qarshi doskaga chiqmadi

Samarqandda o‘tayotgan 46-FIDE Jahon shaxmat Olimpiadasining birinchi turida Pokiston shaxmat federatsiyasi shaxmatchilarini Isroilga qarshi o‘ynatmadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"