Jahon

Pokistonda portlash oqibatida kamida 19 kishi halok bo‘ldi

Mazkur portlash uchun javobgarlikni “Balujiston ozodlik armiyasi” guruhi o‘z zimmasiga oldi.

Pokistonda portlash oqibatida kamida 19 kishi halok bo‘ldi

Pokistonning janubi-g‘arbidagi Kvetta shahrida yo‘lovchi poyezdi o‘tayotgan paytda xudkush terrorchi portlovchi moddalar ortilgan avtomobilni temiryo‘l yaqinida portlatdi. Bu haqda AP xabar berdi.

 

Rasmiylarga ko‘ra, hodisa oqibatida kamida 19 kishi halok bo‘lgan, 70 dan ortiq odam yaralangan.

 

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda portlash kuchi sabab poyezdning ikki vagoni ag‘darilib, yonib ketgani va osmonni qalin qora tutun qoplagani aks etgan.

 

Guvohlar hamda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratlarga ko‘ra, hujum xavfsizlik kuchlari odatda joylashadigan hududda sodir bo‘lgan. Portlash natijasida yaqin atrofdagi bir nechta bino jiddiy zarar ko‘rgan va yo‘l bo‘yida turgan o‘ndan ortiq avtomobil shikastlangan.

 

Yaradorlar shifoxonaga olib ketilgan bo‘lib, ularning 20 nafari og‘ir ahvolda.

 

Pokiston markaziy hukumatidan mustaqillik talab qiluvchi taqiqlangan “Balujiston ozodlik armiyasi” (BLA) guruhi jurnalistlarga yuborgan bayonotida hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Guruh bayonotida xavfsizlik xodimlarini olib ketayotgan poyezd nishonga olingani aytilgan.

 

“Biz begunoh fuqarolarning nishonga olinishi va odamlarning halok bo‘lganidan chuqur qayg‘udamiz. Terrorchi unsurlarga hech qanday yon bosish bo‘lishi mumkin emas”, — dedi Balujiston viloyati hukumati matbuot kotibi Shahid Rind.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, portlashdan keyin Kvetta shifoxonalarida favqulodda tibbiy holat e’lon qilingan va hodisa yuzasidan tergov boshlangan.

 

Pokiston hukumati qo‘zg‘olon bostirilganini ta’kidlayotgan bo‘lsa-da, Balujistonda zo‘ravonliklar davom etmoqda.

 

2024-yilda Balujistondagi temiryo‘l vokzaliga uyushtirilgan xudkush hujum oqibatida kamida 26 kishi halok bo‘lgan.

Fransiyadagi noroziliklar Belgiyaga ham tarqaldi: 200 dan ortiq kishi hibsga olindi

Fransiyadagi noroziliklar Belgiyaga ham tarqaldi: 200 dan ortiq kishi hibsga olindi

Namoyishchilar ta’lim sohasidagi islohotlar va o‘qish to‘lovlarining oshirilishiga qarshi chiqmoqda.

Kramatorskda avtobuslarga zarba berildi: 33 kishi halok bo‘ldi

Kramatorskda avtobuslarga zarba berildi: 33 kishi halok bo‘ldi

Hujumdan so‘ng Kramatorsk va Slovyansk shaharlarida jamoat transporti harakati to‘xtatildi.

“Bir safarda bir nechta mamlakat”: Japarov yagona sayyohlik vizasini taklif qildi

“Bir safarda bir nechta mamlakat”: Japarov yagona sayyohlik vizasini taklif qildi

Qirg‘iziston prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon uchun yagona sayyohlik vizasini joriy etishni ilgari surdi.

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

JSST vakili dunyo bo‘ylab o‘lat holatlari bo‘yicha statistikani maʼlum qildi.

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

AQSH prezidenti orada yana bir qurolli mojaroga chek qo‘yishni kutayotganini aytdi.

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Dastlab to‘lov faqat havo orqali mamlakatni tark etayotgan yo‘lovchilarga nisbatan qo‘llanadi.

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Yig‘im faqat mamlakatdan havo transportida chiqishda undiriladi, quruqlik va dengiz orqali chiqishda esa olinmaydi.

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Uning saylanishi muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishi ehtimolini bartaraf etib, mamlakatdagi siyosiy tanglikni yumshatdi.