Sport

Shahram G‘iyosov professional boksda ilk bor mag‘lub bo‘ldi

Bokschi WBA Regular kamari uchun angliyalik Jek Katterallga qarshi jangda yutqazdi.

Shahram G‘iyosov professional boksda ilk bor mag‘lub bo‘ldi

Professional boksning yarim o‘rta vazn toifasida faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonlik bokschi Shahram G‘iyosov faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatni qabul qildi. U WBA Regular kamari uchun angliyalik Jek Katterallga qarshi kechgan jangda ochkolar hisobiga ko‘ra imkoniyatni boy berdi.

 

Misrning Giza shahrida tashkil etilgan boks oqshomida o‘tgan bellashuv to‘liq 12 raund davom etdi. Hakamlar g‘alabani 118–109, 119–108 va 116–111 hisoblari bilan Ketterallga berdi. Jangning birinchi raundida G‘iyosov nokdaun holatiga ham tushib qoldi.

 

Ketterall jami 551 ta zarbadan 219 tasini aniq yo‘llagan va 40 foiz samaradorlik qayd etgan. G‘iyosov esa 366 ta zarbaning 78 tasini manzilga yetkazib, 21 foiz ko‘rsatkich bilan cheklandi. Kuchli zarbalar bo‘yicha ham angliyalik bokschi ustunlik qildi — 98 ga qarshi 55.

 

Shu tariqa, G‘iyosov professional faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatini qabul qildi. Uning hisobida hozirgacha 17 ta g‘alaba, shundan 10 tasi nokaut bilan qayd etilgan. O‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi so‘nggi bor 2025-yil aprel oyida Franko Okamponi to‘rtinchi raundda nokautga uchratgan edi.

 

Bugungi janggi qadar o‘zbekistonlik bokschi WBA reytingida birinchi o‘rinda qayd etilgan bo‘lsa, Katteral oltinchi pog‘onada borayotgan edi. Ushbu yo‘nalish chempioni esa amerikalik Rolando Romero hisoblanadi. 
32 yoshli Katteral (33 g‘alaba, 2 mag‘lubiyat, 14 nokaut) prof boksdagi 33 g‘alabasiga erishdi. U o‘zining so‘nggi jangini 2025-yil noyabr oyida o‘tkazib, Ekov Essuman ustidan ishonchli g‘alabaga erishgan edi. Angliyalik bokschi WBO reytingida 1-o‘rinda joylashgan. G‘iyosov esa 11-pog‘onada qayd etilgan.
Ma’lumot uchun, ushbu jang Oleksandr Usik hamda Riko Verhoven ishtirokidagi markaziy boks oqshomi doirasida tashkil etildi.
custom img

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

custom img

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

custom img

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

custom img

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

custom img

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi yana uchta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik sportchilar Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarining navbatdagi bahslarida aralash jang sanʼati va ushu yo‘nalishlarida uchta kumush medalga sazovor bo‘ldi.

custom img

Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston U-23 jamoasi chorak final yo‘llanmasini naqd qildi

Ravshan Haydarov shogirdlari muddatidan avval guruhdan chiqish vazifasini uddaladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"