O'zbekiston

So‘nggi qo‘ng‘iroq arafasida o‘quvchilar mashina boshqarishiga qarshi reyd kuchaytirildi

YHXX o‘quvchilar va ularning ota-onalariga murojaat bilan chiqdi.

So‘nggi qo‘ng‘iroq arafasida o‘quvchilar mashina boshqarishiga qarshi reyd kuchaytirildi

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlari oldidan o‘quvchilar va ularning ota-onalariga murojaat bilan chiqdi.

 

Ma’lum qilinishicha, voyaga yetmaganlar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida respublika bo‘ylab keng ko‘lamli targ‘ibot vа reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda. Bunga keyingi paytlarda haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan o‘quvchilarning avtomobil boshqarayotgani va buning oqibatida ko‘ngilsiz holatlar yuz berayotgani sabab bo‘lgan.

 

YHXX o‘quvchilarni haydovchilik huquqiga ega bo‘lmasdan avtomobil boshqarmaslikka chaqirdi.

 

“Aziz bitiruvchilar, yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha yetarli bilim va ko‘nikmaga, shuningdek haydovchilik huquqiga ega bo‘lmasdan turib, avtomobil yo‘llarida o‘zingizni qurbon qilmang”, — deyiladi murojaatda.

 

Shuningdek, ota-onalardan farzandlariga avtomobil kalitini bermaslik so‘raldi.

 

“Farzandingizning bir lahzalik quvonchiga hissa qo‘shaman deb, uning kelajagiga ziyon yetishiga sababchi bo‘lib qolmang”, — deya ogohlantirdi YHXX.

 

Qayd etilishicha, reydlar davomida aniqlangan har  bir qoidabuzarlik uchun qonunchilikda belgilangan choralar ko‘riladi.

 

Eslatib o‘tamiz, 20-may kuni Qo‘qonda voyaga yetmagan haydovchi Malibu-2 avtomobilida 10 yoshli uch nafar qizni urib yuborgandi. Oqibatda ulardan biri vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, voyaga yetmagan haydovchi protsessual tartibda ushlangan.

 

O‘zbekiston va Turkiya hamkorlikni kengaytirmoqda: qator muhim bitimlar imzolandi

O‘zbekiston va Turkiya hamkorlikni kengaytirmoqda: qator muhim bitimlar imzolandi

Savdo, ijtimoiy ta’minot va chegara orqali tovarlar hamda transport vositalari harakati bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan hujjatlar qabul qilindi.

O‘zbekiston va Turkiya Prezidentlari uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va Turkiya Prezidentlari uchrashuv o‘tkazdi

Ikki mamlakat yetakchilari keng qamrovli strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish masalalarini muhokama qildilar.

Dohada O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi taqdimoti o‘tkazildi

Dohada O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi taqdimoti o‘tkazildi

Taqdimotda O‘zbekiston va Qatar vakillari buyuk allomalar merosi, islom ilmlari rivoji hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi ilmiy-ma’rifiy hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishi kutilmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti Turkiyaga yetib bordi

O‘zbekiston Prezidenti Turkiyaga yetib bordi

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va rafiqasini Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti Javdat Yilmaz va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Litsenziyasiz Umra tashkil etish: Andijon va Farg‘onada noqonuniy holatlar fosh etildi

Litsenziyasiz Umra tashkil etish: Andijon va Farg‘onada noqonuniy holatlar fosh etildi

Fuqarolardan jami 6 500 dollar talab qilingan, holatlar yuzasidan tergov olib borilmoqda.

Qarshida 21 yoshli qiz operatsiyadan keyin vafot etdi: prokuratura tekshiruv boshladi

Qarshida 21 yoshli qiz operatsiyadan keyin vafot etdi: prokuratura tekshiruv boshladi

Qizning ahvoli operatsiyadan to‘rt kun o‘tib og‘irlashgan.

Samarqandda o‘qituvchi o‘quvchi qizni kaltakladi: rasmiy munosabat bildirildi

Samarqandda o‘qituvchi o‘quvchi qizni kaltakladi: rasmiy munosabat bildirildi

Holat maktab ta’limi boshqarmasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘rganilmoqda.

Bir oyda 21 mingdan ortiq bayonnoma: avtobusda yo‘l haqini to‘lamaganlar ko‘paydi

Bir oyda 21 mingdan ortiq bayonnoma: avtobusda yo‘l haqini to‘lamaganlar ko‘paydi

Toshkentda chiptasiz yurishga qarshi nazorat kuchaydi.