O'zbekiston

Senator yoshlar bandligi va ijtimoiy himoyasi yuzasidan senatorga senator so‘rovi yubordi

Senator Yoshlar ishlari agentligidan voyaga yetmaganlar ishsizligi sabablari, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar hamda idoralararo hamkorlikni takomillashtirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot so‘radi.

Senator yoshlar bandligi va ijtimoiy himoyasi yuzasidan senatorga senator so‘rovi yubordi

Senatning Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasida doimiy asosda ishlovchi senator Malika Qodirxonova yoshlar bandligi va ijtimoiy himoyasi masalalari yuzasidan Yoshlar ishlari agentligi direktoriga senator so‘rovi yubordi.

 

Ma’lum qilinishicha,  so‘rovda ijtimoiy himoyaga muhtoj voyaga yetmagan yoshlarning huquqiy va ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ularni kasb-hunarga o‘qitish hamda ish bilan ta’minlash masalalariga e’tibor qaratilgan.

 

Senator so‘rovida 2026-yil aprel holatiga ko‘ra, Ichki ishlar vazirligi tizimidagi voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlaridan 14 638 nafar 16–17 yoshli o‘smir oilasiga qaytarilgani, ularning 2 671 nafari esa ID-kartaga ega emasligi keltirilgan.

 

Qayd etilishicha, oilasi bag‘riga qaytgan yoshlarning aksariyati ijtimoiy himoyaga muhtoj va yashash sharoiti og‘ir oilalar farzandlaridan iborat. Moliyaviy imkoniyatlar cheklangani sababli ayrim voyaga yetmaganlar o‘z vaqtida ID-karta ololmayotgani ta’kidlangan.

 

Senatorning fikricha, bu holat yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash va ijtimoiy dasturlarga jalb etishda qator muammolarni keltirib chiqarmoqda.

 

So‘rovda amaldagi qonunchilikka muvofiq, Yoshlar ishlari agentligining ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka yo‘naltirish va bandligini ta’minlash bo‘yicha vazifalari belgilangani ham eslatib o‘tilgan.

 

Shu munosabat bilan agentlikdan ijtimoiy himoyaga muhtoj voyaga yetmagan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ID-kartasi mavjud bo‘lmagan yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish va ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish, ularni manzilli qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha rejalashtirilgan choralar haqida ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

 

Shuningdek, voyaga yetmaganlar o‘rtasida ishsizlik sabablarini o‘rganish, ularni bartaraf etish yuzasidan ishlab chiqilgan takliflar hamda mas’ul idoralar o‘rtasidagi hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida asoslantirilgan axborot berish talab qilingan.

O‘zbekistonda ayrim xizmatlarda qog‘oz hujjat talab qilinmaydi: 33 ta idoraviy hujjat o‘zgartirildi

O‘zbekistonda ayrim xizmatlarda qog‘oz hujjat talab qilinmaydi: 33 ta idoraviy hujjat o‘zgartirildi

Endilikda banklar, notarial idoralar, aeroportlar va boshqa tashkilotlarda ayrim hujjatlarning elektron shaklidan foydalanish mumkin.

Samarqanddagi sammit doirasida «IMKON» markazining ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi

Samarqanddagi sammit doirasida «IMKON» markazining ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi

Markaz 2 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga individual ehtiyojlaridan kelib chiqib, ta’lim va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatadi.

Global miqyosdagi natijalar e’tirofi: Ziroat Mirziyoyevaga topshirilgan JSST mukofoti kimlarga beriladi?

Global miqyosdagi natijalar e’tirofi: Ziroat Mirziyoyevaga topshirilgan JSST mukofoti kimlarga beriladi?

WHO Director-General’s Award — Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Bosh direktorining global sog‘liqni saqlash sohasidagi nufuzli xalqaro mukofoti.

Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tishda cheklov: senator so‘rovi yuborildi

Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tishda cheklov: senator so‘rovi yuborildi

Hududlar bo‘yicha imtihon o‘rinlarini taqsimlash mezonlari va talab yuqori bo‘lgan joylarda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish masalasiga izoh berish so‘ralgan.

“Bolalar — kelajagimiz” degan qarashning o‘zi yetarli emas —Shahnoza Mirziyoyeva

“Bolalar — kelajagimiz” degan qarashning o‘zi yetarli emas —Shahnoza Mirziyoyeva

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari bolalar farovonligini ta’minlash uchun hukumatlar, biznes vakillari, fuqarolik jamiyati va xalqaro tashkilotlar hamkorligini kuchaytirish zarurligini qayd etdi.

“Malika” bozorida quvlashmachoq: qidiruvdagi erkak qochayotganida mashinaga urilib ketdi

“Malika” bozorida quvlashmachoq: qidiruvdagi erkak qochayotganida mashinaga urilib ketdi

Fuqaro avtomobilga urilganiga qaramay, harakatini davom ettirgan, biroq ichki ishlar xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Metrodagi “probka”: “Paxtakor”dagi tirbandlikka izoh berildi

Metrodagi “probka”: “Paxtakor”dagi tirbandlikka izoh berildi

Yo‘lovchilar to‘planishini kamaytirish uchun poyezdlar harakati intervallarini qisqartirish choralari ko‘rilmoqda.

Qariyb 2 kg gashish va 18 ming dollar: Andijonda ikki shaxs ushlandi

Qariyb 2 kg gashish va 18 ming dollar: Andijonda ikki shaxs ushlandi

Qo‘lga olish jarayonida ular tezkor xodimlarga qarshilik ko‘rsatib, qochishga uringan.