O'zbekiston

Qariyb 2 kg gashish va 18 ming dollar: Andijonda ikki shaxs ushlandi

Qo‘lga olish jarayonida ular tezkor xodimlarga qarshilik ko‘rsatib, qochishga uringan.

Qariyb 2 kg gashish va 18 ming dollar: Andijonda ikki shaxs ushlandi

 

Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari va Andijon viloyati boshqarmasi hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazildi.

 

Tadbir davomida 1988 va 1995-yillarda tug‘ilgan, Paxtaobod tumanida yashovchi ikki fuqaro 1 kg 971 gramm “gashish” moddasini shartli xaridorga 18 ming AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 

Qo‘lga olish jarayonida ular tezkor xodimlarga faol qarshilik ko‘rsatib, voqea joyidan qochishga uringan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tadbirkorga faxriy unvon, kitobxon oilalarga uy: Qashqadaryodagi yig‘ilishda nimalar aytildi?

Tadbirkorga faxriy unvon, kitobxon oilalarga uy: Qashqadaryodagi yig‘ilishda nimalar aytildi?

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoni yil yakuniga qadar kambag‘allik va ishsizlikdan xoli hududga aylantirish maqsadini bildirdi.

“Oltin qalam” Parijga yetib bordi: fransiyalik jurnalistga mukofot topshirildi

“Oltin qalam” Parijga yetib bordi: fransiyalik jurnalistga mukofot topshirildi

“Georama” nashriyoti asoschisi va “Euronews” muxbiri O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasining faxriy a’zolari bo‘ldi.

Tug‘ilgan kundan qolgan ovqat fojiasi: Xorazmda ona va uch farzandi vafot etdi

Tug‘ilgan kundan qolgan ovqat fojiasi: Xorazmda ona va uch farzandi vafot etdi

Ularda tug‘ilgan kun marosimidan qolgan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilganidan so‘ng zaharlanish alomatlari kuzatilgan.

“Omborchi” va “kimyogar” qo‘lga tushdi: Buxoroda narkolaboratoriya fosh etildi

“Omborchi” va “kimyogar” qo‘lga tushdi: Buxoroda narkolaboratoriya fosh etildi

Ikki fuqaro narkolaboratoriya tashkil qilib, sintetik giyohvandlik vositalarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan.

2018-yilda rekord, keyingi yillarda pasayish: nikohlar statistikasi

2018-yilda rekord, keyingi yillarda pasayish: nikohlar statistikasi

O‘zbekistonda nikohlar soni ketma-ket to‘rt yildan beri kamaymoqda.

Polshaga ishga yuborish uchun 10,4 ming dollar: MCHJ rahbari ushlandi

Polshaga ishga yuborish uchun 10,4 ming dollar: MCHJ rahbari ushlandi

U to‘rt nafar fuqaroni Polshaga mavsumiy ishga yuborish evaziga pul talab qilgan.

Dunyo pasportlari reytingi yangilandi: O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

Dunyo pasportlari reytingi yangilandi: O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

O‘zbekiston pasporti xalqaro reytingda 9 pog‘onaga pasaydi.

Prezident Chim mahallasidagi o‘zgarishlar bilan tanishdi

Prezident Chim mahallasidagi o‘zgarishlar bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Qamashi tumanidagi Chim mahallasiga tashrif buyurdi. Hududda infratuzilmani yangilashga 55 milliard so‘m yo‘naltirilgan.