Jinoyat

Qashqadaryoda tekshiruvni “bosdi-bosdi” qilishni va’da qilgan IIB xodimi ushlandi

U diniy mazmundagi taqiqlangan materiallar bo‘yicha tekshiruvni ijobiy hal qilish uchun pora so‘ragan.

Qashqadaryoda tekshiruvni “bosdi-bosdi” qilishni va’da qilgan IIB xodimi ushlandi

Qashqadaryo viloyatida diniy mazmundagi taqiqlangan materiallar bilan bog‘liq tekshiruvni “ijobiy hal qilib berish” evaziga pora olgan IIB xodimi qo‘lga olindi. Bu haqda Zamon.uz'ga DXX xabar berdi.

 

Ma’lum bo‘lishicha, Dehqonobod tumanida yashovchi 1983-yilda tug‘ilgan ayol va uning 2009-yilda tug‘ilgan qizining telefonlarida diniy mazmundagi taqiqlangan materiallar aniqlangani yuzasidan viloyat IIB tomonidan tekshiruv harakatlari olib borilgan.

 

Tergovga qadar tekshiruv jarayonlarini tanishlari orqali ularning foydasiga hal qilib berishni va’da qilgan 1978-yilda tug‘ilgan shaxs 3 mln so‘m olgan vaqtida ushlangan.

 

Shundan so‘ng tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu masalani ijobiy hal qilish evaziga vositachidan 2,5 mln so‘m olgan vaqtida Qashqadaryo viloyati IIB Tezkor qidiruv xizmati tezkor vakili ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

 

Hozirda IIB xodimiga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish), vositachiga nisbatan esa 212-moddasi (pora olish-berishda vositachilik qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

Yozyovon tumanida 1 kilogramm opiy giyohvandlik vositasini sotishga uringan ikki nafar shaxs qo‘lga olindi.

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.